So’nggi yangiliklar

20:33Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионатида бир қанча россиялик спортчилар иштирок этиб, ғолиб ва совриндор бўлишмоқда 0 18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0

15 avg 14:36
Yangiliklar

Boshqalar

O'zDJTSU 65 yoshda! Ko'zguda – sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportni boshqarish va kasbiy fanlar fakulteti tarkibiy qismi hisoblangan Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi o'z yo'nalishi bo'yicha yuqori o'ringa ega bo'lgan etakchi kafedralardan sanaladi.

Dastlab sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasining tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak – ilk bor pedagogika va psixologiya kafedrasi nomi ostida 1958 yilda tashkil etilgan. Kafedraga o'sha paytda A. M. Muhamedov rahbarlik qilgan. 1959 yildan 1962 yilgacha esa V. G. SHarov boshqargan. 

1962 yildan 1971 yilgacha pedagogika fanlari nomzodi, docent L. E. Lebedyanskaya Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritdi. L. Lebedyanskaya respublikamizda birinchi bo'lib o'quv jarayoniga Sport psixologiyasi fanini kiritib, mazkur fanning metodologik asosini ishlab chiqdi, kafedraning shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo'shdi. Natijada yuksak malakali mutaxassislar, murabbiy-o'qituvchilar guruhi etishib chiqdi. 

1972 yildan 1978 yilgacha pedagogika fanlari nomzodi, docent N.A.Yaxyarov kafedrani boshqargan bo'lsa, 1978 yildan 2012 yilgacha pedagogika fanlari nomzodi, professor Z. G. Gapparov, 1986-1987, 2001-2003 yillarda biologiya fanlari nomzodi, docent M. A. Tursunova kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritishdi.

2011-2012 o'quv yilida psixologiya fanlari nomzodi U. D. Qodirov kafedra mudiri vazifasini bajargan bo'lsa, 2012-2013 o'quv yilidan buyon psixologiya fanlari nomzodi, docent, Dilshod Nematovich Arzikulov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.  

Kafedra tashkil etilgandan buyon O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi F. N. Nasriddinov, pedagogika fanlari doktori, professor I. R. Ahmedov, pedagogika fanlari nomzodlari, docentlar A. A. Azimov, N. I. Ivanova, U. S. Temirova, psixologiya fanlari nomzodlari, docentlar U. D. Qodirov H. T. Mahmudova, O. E. Hayitov, o'qituvchilardan Z. T. Sayitmetova, L. L. Kuryshkina, T. P. Predibaylo, D. B. Vaxobova, D. R. Qudratova, D. B. Qosimova, SH. SH. Usmanova, G. S. Alixodjaeva, YU. B. Rahimboeva, Z. P. Rasulov talaba-yoshlarga talim-tarbiya berish, kafedraning tashkiliy tuzilmasini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ilg'or ananalarni davom ettirishga munosib hissa qo'shdilar. 

Kafedrada bugun talabalarning puxta bilim olib, o'z sohasining etuk mutaxassis-kadrlari bo'lib etishish yo'lida psixologiya fanlari nomzodi, docent Dilshod Arziqulov, professor Zoxid Gapparov, psixologiya fanlari doktori, professor, o'ndan ortiq fan nomzodi va bir nechta fan doktorlariga ilmiy rahbarlik qilgan Vasila Karimova, psixologiya fanlari bo'yicha (PhD) falsafa doktori Navbahor Umarova, pedagogika fanlari nomzodi, docent Irina Klimenko, pedagogika fanlari bo'yicha (PhD) falsafa doktori Javlon Ishtaev, katta o'qituvchilardan SHaxlo Usmonova, Farhod Haydarov, Abror Hayitov, Dilafro'z Hayitova, Noryigit Dusanov, o'qituvchilardan Elena Zotova, Nosirjon G'offorov, Umida Muhiddinova, Bekzod Qurdoshevlar talim-tarbiya berishmoqda. 

Pedagogika fanlari nomzodi, professor, Xalqaro sport psixologlari Preziduimi azosi Zohid Gapparovich Gapparov, pedagogika fanlari nomzodi, docent Natalya Iosifovna Ivanova, biologiya fanlari nomzodi, docent, 1986-1987, 2001-2003 yillarda kafedra mudiri lavozimida ishlagan, “Mehnat faxriysi”, “Sport faxriysi” medallari bilan taqdirlangan Tursunova Malika Abdulxaevna, 1968 yildan 2012 yilgacha katta o'qituvchi lavozimida ishlagan, “Mehnat faxriysi”, “O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi” ko'krak nishoni bilan taqdirlangan Sayitmetova Zuxra Tojiboevnalar esa kafedraning faxriylari sanalishadi. 

Kafedraning professor-o'qituvchilari bakalavriat bosqich talabalariga Umumiy psixologiya, Psixologiya tarixi, Social psixologiya, Sport psixologiyasi, Sport psixodiagnostikasi, Konsultativ psixologiya va psixokorrekciya, Psixologiya va sport psixologiyasi, Ontogenez psixologiyasi, Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi, Mehnat psixologiyasi, Oila psixologiyasi, Boshqaruv psixologiyasi, Etnopsixologiya, Kasb talim metodikasi, Tarbiyaviy ishlar metodikasi kabi fanlardan, magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarga Boshqaruv psixologiyasi fani bo'yicha talim berishmoqda. SHuningdek, kafedra professor-o'qituvchilari O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilariga ham yo'nalish bo'yicha dars berishadi. 

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan ayni kungacha 50 dan ortiq darsliklar, monografiya, o'quv-uslubiy qo'llanma, ilmiy maqola, tavsiya, elektron adabiyotlar yaratilgan va nashr etilgan. 

Kafedrada 2009 yili Psixologiya (sport) bakalavr yo'nalishi ochilgan bo'lib, hozirda 117 nafar talaba mazkur yo'nalishda talim olishmoqda. Kafedra tashkil etilgandan buyon 1 nafar o'qituvchi pedagogika fanlari bo'yicha PhD va 1 nafar o'qituvchi psixologiya fanlari bo'yicha PhD falsafa doktori nomzodlik dissertaciyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ayni vaqtda kafedra o'qituvchilaridan 4 nafari PhD dissertaciyasi, 2 nafari DSc dissertaciyasi ustida ish olib borishmoqda. Turli sport federaciyalari bilan shartnomalar tuzilib, sportchilarga psixologik-pedagogik yo'nalishda maslahatlar berish, psixokorrekcion, psixodiagnostik ishlarni amalga oshirish borasida ham muayyan natijalarga erishilmoqda. 

Kafedradagi o'quv-meyoriy hujjatlar Davlat talim standartlariga muvofiq, barcha fanlar bo'yicha maruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg'ulotlaridan o'quv materiallari Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy va ishchi o'quv dasturlar asosida tayyorlangan. O'quv materiallarining elektron variantlari universitet kutubxonasida mavjud bo'lib, talabalar foydalanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Kafedrada shu kunga qadar 20 ga yaqin darslik, o'quv qo'llanma va uslubiy qo'llanmalar foydalanish uchun universitet axborot resurs markaziga joylashtirilgan. 

Kafedrada istiqboldagi rejalar ham ishlab chiqilgan. Rejaga muvofiq, sportchi-yoshlarni musobaqalarga tayyorlash, ularga psixologik maslahatlar berish, psixodiagnostik faoliyatini yaxshilash asnosida murabbiy va terma jamoalar azolarining ruhiy holatini yaxshilash, talim muassasalarida soha takomillashishining ilmiy-uslubiy asoslarini rivojlantirishda uchta asosiy yo'nalishga etibor qaratilmoqda: 

Birinchi yo'nalish – maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilarining jismoniy hamda kognitiv jarayonlarini tadqiq etish tizimini psixologik-pedagogik asoslarini takomillashtirish. Bunda 2020-2023 yillar orasida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda jismoniy qobiliyatlar va kognitiv jarayonlarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, bolalarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini aniqlash metodikasini mustahkamlash, maktabgacha yoshdagi bolalarni sensomatorikasini rivojlantirish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazish rejalashtirilgan.

Ikkinchi yo'nalish – umumiy o'rta talim muassasi o'quvchilarining umumiy, maxsus jismoniy va shaxs sifatlarini rivojlantirishning innovacion vosita hamda metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Bunda jismoniy imkoniyati cheklangan o'quvchilarda shakllangan noto'kislik kompleksini korrekciya qilishda sog'lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar, harakatli o'yinlar va psixologik treninglarning ahamiyatini ko'rsatish, maktab o'quvchilarining qobiliyatlarini va reakciya ko'rsatkichlarini aniqlash, o'spirin dzyudochilarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishning psixologik omillari tadqiq qilinmoqda.

Uchinchi yo'nalish – oliy talim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashning psixologik-pedagogik shart-sharoitlarini mustahkamlash. Sport psixologlari kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirish, yuqori malakali sportchilar motivaciyalarining jismoniy-psixologik xususiyatlari, sport jamoalarida murabbiy-sportchi-hakam shaxslararo munosabatlarining nazariy asoslari tahlil etilmoqda.

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 2020-2021 o'quv yilida Psixologiya va sport psixologiyasi, Umumiy psixologiya darsliklari, Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi, Yosh davrlar psixologiyasi, Psixologik konsultaciya va psixokorrekciya, Ontogenez psixologiyasi o'quv qo'llanmalari chop etilishi, 6 nafar o'qituvchi psixologiya fanlari bo'yicha (PhD) falsafa fanlari doktori himoyasini o'tkazishi rejalashtirilgan. Kafedraning 11 nafar professor-o'qituvchilari Sankt-Peterburgdagi Lesgaft nomidagi Milliy jismoniy tarbiya, sport va sog'lomlashtirish universitetida o'zaro shartnomaga muvofiq malaka oshirishadi. 

 Bir so'z bilan aytganda, bugun Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasida faoliyat ko'rsatayotgan jonkuyar professor-o'qituvchilar talabalarga nazariy va amaliy bilimlar berib, malakali sport mutaxassislarini tayyorlashda salmoqli hissa qo'shib kelishmoqda.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing