So’nggi yangiliklar

13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0 12:08Сувга сакраш бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилмоқда 0 11:47UFC жангчиси Виктория Дудаковага рақиб берилди 0 11:26Бетербиев ММАга ўтиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:05Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда 0 10:44Чендлер энди кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 10:23Шу ҳафта Хитойда ўтказиладиган UFC турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 10:01Собиқ чемпионлар Петр Ян ва Дейвисон Фигерейду ўзаро жанг олдидан юзма-юз келди (ФОТО) 0 09:39Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум 0 09:18Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиблари маълум 0 08:57Макаодаги UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0 08:36Иштирокчиларидан мухлислари машҳур бўлган Ўзбекистон чемпионати + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

29 avg 12:00
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU 65 YOSHDA! Ko'zguda – sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi

Malumki, shu oyda O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya sport universiteti tashkil etilganiga 65 yil to'ldi.

#UzDJTSU2020  #UzDJTSU_65_YOSHDA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida, PF-5924-sonli “O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish Koncepciyasida, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 yanvardagi “O'zbekistonda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va aholini jismoniy va ommaviy sportga jalb etish to'g'risida”gi qarorida belgilangan vazifalar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida yangi bosqichni boshlab berdi. Respublikamizda so'nggi yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan taminlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasida sport tadbirlarining ommaviyligi va muntazamligini taminlab, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarishning innovacion shakllarini ishlab chiqish, shuningdek, sport tadbirlarini tashkil etish bo'yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 2019 yilda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportni boshqarish va kasbiy fanlar fakulteti tarkibida Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasiga asos solindi. 

O'tmishga nazar

Kafedra tarixiga nazar soladigan bo'lsak, Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasining poydevori jismoniy tarbiya instituti tashkil qilingan ilk yillardayoq shakllangan, alohida maqomiga ega bo'lguniga qadar nazariy fanlarning birlashgan kafedrasi tarkibida bo'lgan. Dastlab, 1957 yilda Jismoniy tarbiya tarixi, nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashkil qilingan. 

Institut tashkil topgan dastlabki yillarda (1955-1960) kafedra o'z faoliyatini jismoniy tarbiya tarixi, nazariyasi va metodikasi kafedrasi tarkibida olib borgan. Kafedra tashkil etilganidan buyon yillar davomida uning nomi bir necha bor almashgan, ammo ilmiy va pedagogik faoliyatining asosiy yo'nalishlari hamda ananalari o'zgarmagan.

1960 yilda kafedra Jismoniy tarbiya tarixi, jismoniy tarbiya harakatini tashkil qilish va boshqarish nomi bilan alohida ajralib chiqdi. 1990 yillarda ushbu kafedra Ommaviy jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish ishlarini tashkil qilish va turizm kafedrasi bilan birlashtirildi va unga Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish nomi berildi. Kafedrada sog'lomlashtirish jismoniy tarbiyasi va maktabgacha jismoniy tarbiya ixtisosligi yo'nalishlari ochildi. 

1960-1966 yillarda kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, docent V.K.Bakunas rahbarlik qildi. 1966-1967 yillarda M.T. Oripov, keyingi davrlarda K.P. Ten (1967-1980), A.K. Akramov (1980-1985, 2000-2003), R.A. Kazieva (1985-1987), R.A. Abdumalikov (1989-1995), K.D. Yarashev (1995-2000), L.A. Djalilova (2003-2004), T.T. Yunusov (1987-1989, 2004-2007)lar kafedrani boshqarishdi.

Kafedrada professorlar A. S. Sunik, T. T. Yunusov, G. B. Abdurasulova, R. D. Xalmuxamedov, K. D. Yarashev, M. S. Axmatov, docentlar K. P. Ten, R. A. Kazieva, R. A. Rafikova, R . A. Abdumalikov, N. M. Mallabaev, X. B. Sayrambaeva, A. K. Akramov, L. V. Smurigina, katta o'qituvchi A. F. Belyaeva, M. I. Haydarova faoliyat ko'rsatdilar.

2007 yilda kafedraning bir qismi Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, yana bir qismi Sport menejmenti va iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi tarkibiga qo'shildi. 2019 yilda Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi tashkil etilib, uning o'quv rejasiga Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish kafedrasidagi ayrim fanlar yana kiritildi.

Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi mudiri etib esa, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor v.b. Soyib Samijonovich Tajibaev tayinlandi. 


Kafedraning ilmiy-pedagogik faoliyati

Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi jamoasi tarkibida bugun yuqori malakali pedagoglar, tajribali mutaxassislar jam bo'lgan. Ulardan –pedagogika fanlari nomzodi, professor K.D. Yarashev, biologiya fanlari nomzodi, professor M.S. Axmatov, tarix fanlari nomzodi, professor G.R. Asatova, pedagogika fanlari nomzodi, professor v.b. YU.YU. Aripov, docent v.b. E.YU. Daurenov, docent v.b. L.A. Djalilova, katta o'qituvchi D.B. Salaev, o'qituvchilar M.I. Haydarova, B.M. Pardaev, S.A. Mamadaliev, SH.S. Yoldashov, J.J. Jumaniyozov, X.Z. Baxriddinov, X.X.Turopov faoliyat ko'rsatmoqdalar.

Kafedra mudiri S.Tajibaev 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar (monografiya, darslik, o'quv qo'llanma va o'quv-uslubiy qo'llanmalar, elektron darsliklar, ilmiy maqolalar) muallifi sanaladi. Uning ilmiy maqolalari AQSH, Germaniya, Angliya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarning nufuzli jurnallarida chop etilgan. S.Tajibaev Rossiya Federaciyasida nashr etiladigan “Molodoy uchenyy” va O'zDJTSU huzurida nashr etiladigan “Fan – sportga” ilmiy-nazariy jurnallarining tahrir hayati azosi, Petrovskiy fan va madaniyat akademiyasining muxbir-azosi (Rossiya Federaciyasi) ham hisoblanadi. S. Tajibaev O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligining 2015 yil 27 fevraldagi 71-sonli buyrug'i asosida tashkil etilgan “Oliy talim muassasasining eng yaxshi pedagogi” ko'rik-tanlovi­ning Respublika bosqichida “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” nominaciyasida g'oliblikni qo'lga kiritib, I darajali faxriy diplomi bilan mukofotlangan.

S.S.Tajibaev 2016 yil 23 iyunda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va oliy talim muassasalari orasida o'tkazilgan “Eng faol yosh olim” tanlovidagi ishtiroki va ilmiy yangiliklar yaratish borasida olib borayotgan samarali izlanishlari hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun Toshkent shahar hududiy bosqichida I o'rinni egallab, Toshkent shahar “Kamolot” YOIH kengashi tomonidan I darajali diplom bilan taqdirlangan. U 2016 yilda O'zbekiston Kasaba uyushmalari federaciyasi tomonidan o'tkazilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovining Respublika bosqichida “Eng faol yosh olim” nominaciyasi bo'yicha II o'rinni qo'lga kiritib, O'zbekiston talim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining II darajali diplomini qo'lga kiritdi. 2016 yilda “Istedod” jamg'armasi tomonidan o'tkazilgan “Yilning eng yaxshi darsligi va o'quv adabiyoti muallifi-2016” Respublika tanlovida “Bokschilarning sport-pedagogik mahoratini oshirish” elektron multimedia darsligi bilan ishtirok etib, I darajali diplom bilan mukofotlangan. 

SHuningdek, Soyib Tajibaev jamoatchilik asosida Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar talimi yo'nalishlari bo'yicha o'quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashi ijtimoiy va sport fanlari o'quv-uslubiy komissiyasining masul kotibi, 2019 yildan Universitetning “SKUF” sport klubi raisi o'rinbosari, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida taekvondo va karate sport turlari bo'yicha ilmiy kompleks guruhi rahbari vazifalarini ham bajarmoqda. 

Kafedraning ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ko'plab ilmiy va uslubiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, jismoniy tarbiya va sport tarixi, olimpiya bilimi asoslari, turizm fanlari bo'yicha darsliklar, o'quv qo'llanmalar nashr etilgan. 2001 yilda kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan sportchilar, murabbiylar, oliy va maxsus jismoniy tarbiya o'quv yurtlari talabalari va ushbu masalaga qiziqqan keng kitobxonlar uchun mo'ljallab tayyorlangan "Olimpiya bilimlari asoslari" birinchi kitobi nashr etildi. 

Kafedra docenti v.b. L.A. Djalilova O'zbekistonda jismoniy tarbiya, sport va olimpiya harakati tarixini o'rganishga munosib hissa qo'shdi, boisi, “Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi” (2017), “Olimpiya harakati tarixi”, “Olimpiya bilimlari asoslari”, “Istoriya olimpiyskogo dvijeniya”, “Osnovy olimpiyskogo obrazovaniya” (2018) nomli darsliklari nashr qilindi.

Kafedraning eng tajribali pedagoglaridan professor K.D. Yarashev ham jismoniy tarbiya harakatini boshqarish fani bo'yicha etakchi mutaxassis hisoblanadi. 2002 yilda K.D. Yarashev tomonidan nashr etilgan “Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish” nomli darslik “Yilning eng yaxshi o'quv adabiyoti” nominaciyasida 1-o'rinni egalladi.

Kafedrada ko'p yillar davomida faoliyat qo'rsatgan professor M. Axmatov tomonidan “Uzluksiz talim tizimida ommaviy sport- sog'lomlashtirish ishlarini samarali boshqarish” nomli monografiya (2005), “Valeologiya asoslari” darsligi (2005), “Fizkulturno-ozdorovitelnye texnologii” nomli o'quv qo'llanma (2015) nashr qilingan. Bugungi kunda professor M. Axmatov “O'zbekistonda jismoniy-intellektual resurs tushunchasini shakllantirish asoslari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Kafedraning asosiy fanlaridan biri hisoblangan turizm fani bo'yicha tajribali mutaxassis docent v.b. E.YU. Daurenov tomonidan “Turizm” nomli o'quv qo'llanma va darslik nashr qilindi.

Istiqboldagi rejalar

Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasida O'zDJTSU o'quv rejasi asosida “Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi”, “Turizm”, “Ommaviy sport tadbirlarining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari”, “Sport, sport-tomoshabop tadbirlarni tashkillashtirish va boshqarish texnologiyalari”, “Sport tadbirlarida sahna harakati va musiqaviy namoyishlar” kabi o'quv fanlari o'qitiladi. 

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan masofaviy talim uchun o'quv-uslubiy majmualar tayyorlanmoqda. Fanlarni masofaviy o'qitishning asosiy g'oya va maqsadi – talabalarga mavzu haqida tushuncha berish, kursni o'rganish uchun zarur materiallar, o'quv va nazorat testlarini taqdim etishdan iborat. Ishlab chiqilgan materiallar zarur bilimlarni to'liq o'zlashtirishga yordam beradi va fan bo'yicha oraliq hamda yakuniy nazoratni muvaffaqiyatli topshirish uchun imkoniyat yaratadi.

Kafedrada “Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish” ixtisosligi ochilib, istiqbol ilmiy-tadqiqot rejasida yangi o'quv fan dasturlari, shuningdek, sohaning ilg'or innovacion tajribalarini hisobga olgan holda zamonaviy o'quv, o'quv-metodik va ommaviy adabiyotlarni ishlab chiqish, yangi normativ hujjatlarni tayyorlash hamda nashr ettirish rejalashtirilgan.

SHuningdek, sport tadbirlarini ularning ommaviyligi va muntazamligini hisobga olgan holda tashkil etish va boshqarishning namunaviy modelini ishlab chiqish hamda amalga oshirish rejalashtirilgan. Mamlakatimizda nafaqat respublika ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish, balki xalqaro miqyosdagi musobaqalar, olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari, Jahon universiadalari kabi yirik sport tadbirlarini tashkil etish va muvaffaqiyatli o'tkazish bo'yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash kafedraning asosiy vazifalaridan bo'lib qoladi.


Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing