So’nggi yangiliklar

20:33Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионатида бир қанча россиялик спортчилар иштирок этиб, ғолиб ва совриндор бўлишмоқда 0 18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0

17 avg 11:53
Yangiliklar

Boshqalar

O'zDJTSU 65 yoshda! Ko'zguda – sportni boshqarish va kasbiy fanlar fakulteti

Teglar :  O'zDJTSUKafedra
CHirchiq shahrining eng so'lim maskanlaridan bo'lmish Sportchilar ko'chasida O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti joylashgan.

Oliygohning Sportni boshqarish va kasbiy fanlar fakulteti ham talabalarga talim-tarbiya berishda o'z imkoniyatlaridan samarali foydalanib kelmoqda. Fakultet sport murabbiylari, sport psixologlari, sport menejerlari hamda maktabgacha va boshlang'ich talimda jismoniy tarbiya va sport mutaxassis-kadrlar tayyorlash bo'yicha etakchi fakultetlardan sanaladi.

2018 yilda tashkil topgan ushbu fakultetga dastlab iqtisod fanlari nomzodi, docent I. Axmedov dekan vazifasini bajargan bo'lsa, ayni paytda fakultetga vaqtincha “Sport psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, docent Dilshod Nematovich Arzikulov rahbarlik qilmoqda. 

Fakultet tarkibida Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati, Sport menejmenti va iqtisodiyot, Sport psixologiyasi va pedagogika, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport, Sport tadbirlarini tashkil etish, Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kabi kafedralar mavjud bo'lib, 150 nafardan ortiq professor-o'qituvchilar ilmiy faoliyat olib borishadi.

Hozirda fakultetda Jismoniy tarbiya va sport menejmenti, Maktabgacha va boshlang'ich talimda jismoniy tarbiya va sport, Psixologiya (sport), Sport faoliyati (gimnastika, badiiy gimnastika), Marketing (sport), Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish, Sport faoliyati (adaptiv jismoniy tarbiya) yo'nalishlari bo'yicha 1212 nafar talabalar kunduzgi va sirtqi talimda tahsil olishmoqa. 

2018-2019, 2019-2020 yillarda fakultet tasarrufidagi kafedralarning professor-o'qituvchilari tomonidan ommaviy axborot vositalarida 30 ga yaqin, xorij jurnallarida 42 ta, mahalliy jurnallarda 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, 10 dan ortiq o'quv qo'llanma va darsliklar chop etilgan. SHuningdek, magistrlar tomonidan 31 ta xalqaro xorijiy konferenciyalarda hamda 32 ta respublika miqyosida tadbirlar munosabati bilan chop etilgan jurnallarda tezislar nashr qilindi. 14 nafar professor-o'qituvchilar Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Qozog'iston kabi davlatlarda tashkil etilgan xalqaro darajadagi ilmiy-amaliy anjumanlarda o'z maruzalari bilan ishtirok etishdi. 

Fakultet xalqaro hamkorlik ishlariga ham doim etibor qaratib kelgan. Bu borada ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti, Janubiy Koreyaning Dankuk universiteti, Moskva davlat jismoniy tarbiya akademiyasi, P. F. Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti, Belorus davlat jismoniy tarbiya universiteti, Rossiyadagi Ural davlat jismoniy tarbiya universiteti, Voronej davlat jismoniy tarbiya instituti, Yaponiya sport va talim universitetlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlangan. 

Fakultetning sportda yuqori natijalarga erishib kelayotgan talabalari orasida, ayniqsa, Hayitmurod SHerqo'ziev va Ro'za Qo'zievalarning alohida o'rni bor. Xaytmurod SHerqo'ziev parakanoeda eshkak eshish bo'yicha 3 karra O'zbekiston chempioni, 2017 yil CHexiyada o'tgan Osiyo chempionatida oltin medal, 2017-2018 yillarda 2 karra Osiyo chempioni, 2018 yili Vengriyada bo'lib o'tgan jahon kubogida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan, xalqaro toifadagi sport ustasi.

Ro'za Qo'zieva ham parapauerlifting bo'yicha ko'p karra O'zbekiston chempioni, 2013 yil Dubay shahrida o'tgan beshinchi Fazza xalqaro turnirida uchinchi o'rin, 2015 yil Almati shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida uchinchi o'rin, 2016 yili Dubay va Malayziyada, 2017 yilda Vengriyada jahon kubogi bahslarida ikkinchi va uchinchi o'rinlar, 2017 yil Meksikada tashkil etilgan jahon chempionatida uchinchi o'rin, 2018 yil Franciyada bo'lgan Evropa ochiq chempionatida ikkinchi o'rin, 2018 yil Yaponiyaning Kitakyushu shahri mezbonlik qilgan Osiyo-Okeaniya chempionatida oltin medal, 2018 yil 6-14 oktyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Polembang shaharlarida o'tkazilgan Para-Osiyo o'yinlarida 113 kg. vaznli toshni ko'tarib, chempionlikka erishdi va rekord natija qayd etdi. Hozirda dunyo reytingida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Xalqaro toifadagi sport ustasi.

Fakultet talabalarining respublika va jahon miqyosidagi sport musobaqalarda munosib ishtirok etib keladi. Bitiruvchi talabalardan L. Ganieva, A. Samirova, V. Davidova, M. Rostoburova, Z. Kurbanova, A. Serdyukovalar 2016 yilda Toshkentda o'tkazilgan jahon kubogi g'oliblari, Braziliyada o'tkazilgan yozgi Olimpiada o'yinlari ishtirokichlari sanaladi. X. SHerqo'zev, M. Nuriddinova, R. Qo'zievalar parakanoe bo'yicha 2018 yilgi jahon, 2019 yilgi Osiyo chempionlari hisoblanishadi. Birgina o'tgan 2019 yilning o'zida Temur G'iyosov (engil atletika), To'lqin Yuldoshev (armrestling), Aleksandr Reshetnikov (triatlon), Hayitmurod SHerqo'ziev (parakanoe), Ro'za Qo'zieva (parapauerlifting), Azizbek Turg'unov (para pauerlifting), Vladlen Denisov (eshkak eshish) kabi o'ttizga yaqin iqtidorli talaba-sportchilar milliy chempionatlarda, Osiyo va jahon chempionatlarida, xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritishgan. 

SHuningdek, fakultetda Moxinur Qaxramonova (“Zulfiya” mukofoti sovrindori), Yulduz Madaminova (“Zulfiya” mukofoti sovrindori), Doston Amonov, Davron Nazarov, Olimxon Rixsiev, Umida Kosmina, SHoxro'zxon Eshboev, Dilshod Ahmadov, Bobur Nuriddinov, Nodirbek Eshqo'ziev, Dilorom Nematjonova, Temur Talipov singari talabalar Respublika va xalqaro ko'rik-tanlovlar, fan olimpiadalarida ishtirok etib, universitet, fakultet shanini munosib himoya qilishmoqda.

Fakultetda manaviy-marifiy ishlar munosib yo'lga qo'yilgan. Fakultet dekani Dilshod Arzikulov hamda Sport va yoshlar masalalari bo'yicha o'rinbosari Muhammadjon Mamatqulovlar boshchiligida har yili belgilangan dastur-rejaga muvofiq ko'plab tadbirlar tashkil etiladi. 

“Vatanparvarlik o'lka tarixini o'rganishdan boshlanadi”, “O'zbekiston – jannatmakon diyor”, “SHarqona odob-axloq”, “Huquq va burch nima?”, “Biz zo'ravonlikka qarshimiz”, “Prokuror soati”, “Sog'lom turmush tarzi asoslari”, “Sport – go'zallik ramzi”, “Yagonasan muqaddas vatan!” kabi o'nlab mavzulardagi tadbirlar doimiy o'tkazib kelinadi.

Xullas, bugun fakultetda professor-o'qituvchilar tomonidan darslarni vaziyatli (situacion) masala va topshiriqlar bilan boyitish, dars mashg'ulotlarini munozara ko'rinishida o'tkazish, amaliy mashg'ulot hajmini kengaytirish, videomaruzalar yaratish va videokonferenciyalar o'tkazish, elektron va virtual kitoblardan foydalanish, dars mashg'ulotlarida yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlarni qo'llash borasida etarli tajriba to'plangan.

Fakultetning maqsadi – ilm-fan, sport mashg'ulotlariga zo'r berish, ilm-fan va sportda yanada muvaffaqiyatlarga erishish. Yagona maqsad esa – jamiyatimizga eng zukko, bilimli va dono kadrlarni etkazib berish!

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing