So’nggi yangiliklar

11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0 10:54AND STILLLL! UFC 334 турнирининг марказий жангида Ган ўз камарини сақлаб қолди 0 10:06Чемпион Кайла Харрисоннинг собиқ икки камар эгаси Аманда Нуньесга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:54UFC 334. Мурадовнинг собиқ рақиби Кайо Борральо 19-ғалабасини тантана қилди 0 08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0 07:52Ўн йил ютқазмаган чемпион Немков ватандошидан мағлуб бўлди 0 07:21Мераб Двалишвили ғалабасидан сўнг Нурмагомедов учун мурожаат қилди 0 19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0

15 iyu 14:31
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU bitiruvchilari avgust oyi yakuniga qadar to'liq ish bilan taminlanadi

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov va vazirlik boshqarma boshliqlari hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda asosiy masala O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilarini ish taqsimotiga qaratildi.

2019-2020 o'quv yilida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini jami 663 nafar talabalar turli yo'nalishlar bo'yicha tamomlagan bo'lib, mazkur bitiruvchilarning 619 nafari bakalavr hamda 44 nafari magistratura bosqichi talabalariga to'g'ri keladi.

Hozirgi vaqtda, mazkur oliygohni tamomlab vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlar hamda sport maktablari bilan uch tomonlama shartnoma imzolagan bitiruvchilar soni 563 nafarni tashkil etmoqda. SHundan, 302 nafari bolalar-o'smirlar sport maktabi, 16 nafari ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi, 43 nafari ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda 202 nafari boshqa vazirlik va idoralar tizim tashkilotlariga to'g'ri kelmoqda.

Yig'ilish davomida ishga joylashmagan bitiruvchilar ro'yxati shakllantirilib, hududiy boshqarmalarga taqdim etildi hamda universitetni tamomlab ishsiz yurganlarni to'liq ish bilan taminlash vazifalari yuklatildi.

Yig'ilish yakunida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilarini ish bilan taminlanganlik darajasini joriy yilning 15 avgustiga qadar 100 foizga bajarishga kelishib olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing