So’nggi yangiliklar

09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0

07 mar 10:10
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU talabalarining otalariga ehtirom ko'rsatildi + FOTO

Teglar :  O'zDJTSU
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sportni boshqarish va turizm fakulteti tashabbusi bilan “Otalarga ehtirom” mavzusida manaviy-marifiy, badiiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.

Dastlab, respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 200 nafardan  ortiq ota-onalarga oliygohda ularning farzandlari talim olishi hamda yashashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida universitet hududi bo'ylab kichik ekskursiya tashkil etildi. 

Tabiiyki, ota-onalar talabalarga yaratilgan sharoit va o'quv jarayonlarining samarali olib borilishini ko'rib, bundan mamnun bo'lishdi.

SHundan so'ng, otalarga bag'ishlangan tadbir boshlanib, uni fakultet dekani Azizxon Tillyaxodjaev, Yoshlar bilan ishlash manaviyat va marifat bo'limi boshlig'i R.Babajanovlar ochib berdi. 

Tadbir davomida esa talaba-yoshlar tomonidan maromiga etkazib tayyorlangan sahna ko'rinishlari, ifodali o'qilgan sherlar va o'ziga xos tarzda ijro etilgan kuy-qo'shiqlar, jozibador raqslar barchada yorqin taassurot qoldirdi.

Yakunda universitet rahbariyati tomonidan shunday namunali, iqtidorli hamda tashkilotchi farzandlarni voyaga etkazgani uchun barcha otalaru onalarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing