So’nggi yangiliklar

18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0 10:54AND STILLLL! UFC 334 турнирининг марказий жангида Ган ўз камарини сақлаб қолди 0

17 jan 17:07
Yangiliklar

Boshqalar

O'zDJTSU: Universitetning xalqaro aloqalari yana bittaga ortdi

Bugun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Koreya Milliy sport universiteti Prezidenti boshchiligidagi delegaciya tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2019 yil 8 noyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi oliy talim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish koncepciyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Farmoni hamda 2022 yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarorida belgilangan bir qancha ustuvor vazifalar ijrosini taminlash hamda universitetning  xalqaro aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish hisoblanadi.

Dastlab Koreya Milliy sport universiteti Prezidenti boshchiligidagi delegaciya vakillari va O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda Koreya Milliy sport universiteti Prezidenti janob Yongkyu Ahn va uning rafiqasi Kim Mira xonim, universitet dekani Xil Eun Bae, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Maxmudjon Boltabaev, universitet professori Baek Mun Jong, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari OAV vakillari hamda yozgi olimpiya o'yinlari chempionlari Akbar Jo'raev, Ruslan Nuridinovlar ishtirok etishdi. 

Uchrashuv davomida jismoniy tarbiya va sport sohasida ilm-fan va amaliyotni integraciya qilish, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, kelajakda o'quv-mashg'ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilish va murabbiylar malakasini oshirish hamda talabalar va xodimlar almashinuvi kabi dolzarb masalalarda fikr-mulohazalar bildirildi. O'z navbatida ikki tomon vakillari o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

SHundan so'ng, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Koreya Milliy sport universiteti o'rtasida xalqaro munosabatlarni o'rnatish bo'yicha hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Tashrif yakunida faxrli mehmonlar universitet rahbariyati boshchiligida oliygoh hududidagi mavjud sport inshootlari, professor-o'qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Eslatib o'tamiz, Koreya Milliy sport universiteti Prezidenti boshchiligidagi delegaciyaning O'zbekistondagi tashrifi Samarqand viloyatidagi diqqatga sazovor joylarini borib ko'rish bilan hali davom etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing