02 apr 19:38
Yangiliklar
Boshqalar
O'zDJTSU xodimlari “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga mablag' o'tkazishdi
Xabaringiz bor, bir necha oydan beri butun dunyoni o'z domiga tortib borayotgan koronavirus pandemiyasi bizning mamlakatimizda ham qayd etildi.
SHu boisdan ushbu virusga qarshi kurashish maqsadida O'zbekistonda “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga asos solindi. Bir qator saxiy yurtdoshlarimiz tomonidan kelib tushayotgan pullarga karantin zonalari va virusga chalinganlar uchun maxsus shifoxona qurilishiga sarflanmoqda.
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi tashabbus bilan chiqib, bir kunlik ish haqlarini koronavirus infekciyasiga qarshi kurash doirasida tashkil etilgan “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o'tkazib berdilar.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar