So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

11 apr 20:45
Yangiliklar

Boshqalar

O'zDJTSUda 1 yillik sarhisob va 2021 yilgi rejalar muhokamasi

Teglar :  UniversitetO'zDJTSU
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2021 yildagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan “Etirof-2020” tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda universitet rektori, professor Mahmudjon Boltabaev, universitet prorektorlari, dekanlar, kafedra mudirlari va professor-o'qituvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda universitet rektori, professor Mahmudjon Boltabaev nutq so'zlab, universitetning bir yillik faoliyatini sarhisob qilib,
 2021 yilgi rejalar haqida yana bir bor to'xtalib o'tdi.

SHuningdek, rektor kirish so'zida universitet jamoasiga universitetning talim sifatini yuksak bosqichga ko'tarish, buning uchun “Har qanday talabaga talab bitta - uning bilimi” shiori asosida elkama-elka bo'lib, Vatan ravnaqi, yoshlar kelajagi uchun bor bilimim va tajribani safarbar etish zarurligini takidlab o'tdi.  

Universitetda ananaga aylanib borayotgan “Etirof” mukofotining o'ziga xosligi shundaki, u yil davomida universitetda va sport sohasida turli yo'nalishlarida faol va sermahsul ijod qilgan fidoyi, zahmatkash professor-o'qituvchi va xodimlarni taqdirlaydi hamda ularga etirof ko'rsatiladi. 

Ushbu tadbirda ham sport sohasida ko'plab malakali sportchi kadrlarni etishtirishda uzoq yillik mehnatlari hamda universitet rivojiga qo'shgan ulkan hissalari uchun faxriy ustozlar, proffessor-o'qituvchilar taqdirlandilar. 

SHu bilan birga 2020 yilda universitetda mustaqil izlanuvchi sifatida PhD ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib borgan va himoya qilgan ayol o'qituvchilarga pul mukofotlari topshirildi. 

Universitetning “Yil o'qituvchisi” nominaciyasi bo'yicha: 

- Zotova Elena Alekseevna - Sport psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi o'qituvchisi;

-  Davletyarova Laylo Baxodirovna - Engil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchisi; 

- Axmatjonov Doniyor Karim o'g'li - Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchisi;   

- Boltaeva Iqbol Tojiboevna - O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi docenti; 

- Berdieva Dilnovoz Toshkanovna - Sport tibbiyoti va bioximiya kafedrasi o'qituvchisi etirof etildi. 

“Yilning eng faol ilmiy tadqiqotchisi” nominaciyasi bo'yicha pedagogika fanlari doktori, professor Kerimov Fikrat Azizovich;

 “Yilning eng faol guruh murabbiyi” nominaciyasi bo'yicha Qishki sport turlari kafedrasi o'qituvchisi Jo'raev Ibroxim Boxodir o'g'li;

“Yilning eng faol sportchi treneri” nominaciyasi bo'yicha Engil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchisi Akmonov Botir Omonboevich;

“Yilning eng faol manaviyat targ'ibotchisi” nominaciyasi bo'yicha Sport o'yinlari fakulteti dekani Do'sanov Noryigit Ernazarovich;

“Yilning eng faol sport targ'ibotchisi” nominaciyasi bo'yicha Qishki sport turlari kafedrasi o'qituvchisi Xojiev SHoxrux Saidjappar o'g'li;

“Yilning eng yaxshi adabiyoti muallifi” nominaciyasi bo'yicha Adaptiv jismoniy tarbiya va sport o'quv qo'llanmasi uchun Mirjamalov Mehriddin Xayriddinovich;

“Yilning eng jonkuyar xo'jalik xodimi” nominaciyasi bo'yicha universitet sport baza mudiri Abdullaev Madamin Turaboevich;

“Yilning eng namunali ishchisi” nominaciyasi bo'yicha universitet omborxona ishchisi SHomirzaev Alisher Utkurovich taqdirlandilar.

SHuningdek, “Yilning eng faol kafedrasi” nominaciyasi bo'yicha Qishki sport turlari kafedrasi etirof etildi.

O'zDJTSU matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing