So’nggi yangiliklar

13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0

09 mar 11:14
Yangiliklar

Boshqalar

O'zDJTSUda ayollar spartakiadasi o'tkazildi + FOTO

Teglar :  SpartakiadaO'zDJTSU
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ayol professor-o'qituvchilar, ilmiy xodim va izlanuvchilar, ishchi-xizmatchilar o'rtasida “Do'stlik” shiori ostida spartakiada bo'lib o'tdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini taminlash, 2022 yil – “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili” munosabati bilan hamda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlab O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ayol professor-o'qituvchilar, ilmiy xodim va izlanuvchilar, ishchi-xizmatchilar o'rtasida “Do'stlik” shiori ostida spartakiada tashkil etildi.

Musobaqa nizomiga muvofiq, bellashuvlar sportning engil atletika, voleybol, stritbol, badminton va stol tennisi turlari bo'yicha tashkil etildi. Yuqori saviyada hamda bayramona ruhda o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalari quyidagicha ko'rinish oldi.   

Engil atletika. 60 metrga yugurish

1. Nigina Niyazova (Qishki va murakkab texnik sport turlari fakulteti Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta o'qituvchisi) 

2. Sarvinoz Nurmamatova (Qishki va murakkab texnik sport turlari fakulteti Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta o'qituvchisi)

3. Nazokat Qurbonova (Sport o'yinlari fakulteti Badminton, tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchisi).  

400 metrga estafetali yugurish

1. Muhabbat Qodirova, Alyona Tunyan, Gulzar Abatova, Gazokat Qurbonova (Sport o'yinlari fakulteti jamoasi)

2. Mariya Moiseeva, Nargiza Qurbonova, Xusnora Egamberdieva, Nodira Umarova (Futbol fakulteti jamoasi)

3. Lola Davlatova, Laylo Sobirova, CHaros Berdieva, Dilafruz Yoqubova (Paralimpiya fakulteti jamoasi)  

Voleybol

1. Sport o'yinlari fakulteti 

2. Sportni boshqarish va turizm fakulteti

3. Paralimpiya fakulteti va Ko'pkurash sport turlari fakulteti 

Stirtbol

1. Sport o'yinlari fakulteti

2. Futbol fakulteti

3. Paralimpiya fakulteti

Badminton 

1. Mariya Moiseeva (Futbol fakulteti Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchisi) 

2. Laylo Sobirova (Paralimpiya fakulteti Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o'qituvchisi)

3. Oyatxon Yoqubova Sport o'yinlari fakulteti Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchisi)  

Stol tennisi

1. Elmira Margunova (Sportni boshqarish va turizm fakulteti Gimnastika nazariyasi uslubiyati kafedrasi katta o'qituvchisi)

2. SHaxnoza Saidova (Sport o'yinlari fakulteti  Badminton, tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchisi) 

3. Zulfiyaxon Abdulxaeva (Sport o'yinlari fakulteti Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchisi) 

Umumjamoa hisobida esa  Sport o'yinlari fakulteti jamoasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lishsa, ikkinchi o'rinni Futbol fakulteti jamoasi egalladi. Uchinchi o'rin Paralimpiya fakulteti jamoasiga nasib etdi.  

- Universitetimizda nafaqat talabalarni, balki ayol professor-o'qituvchilar, ilmiy va ishchi-xodimlarni ham bu kabi bellashuvlarga keng jalb qilish, ularning sportga bo'lgan havas va intilishini yanada kuchayishiga, sog'lom turmush tarziga rioya qilish, o'zaro do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash hamda bo'sh vaqtlarini to'g'ri va mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi, - deydi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Sport klubi raisi o'rinbosari Yunus Aripov.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing