So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

26 apr 17:57
Yangiliklar

Kurash

O'zDJTSUda kurash bo'yicha xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi

Teglar :  O'zDJTSU Kurash
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro kurash instituti, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda kurash sport turining xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan "Kurash sportining nazariy-amaliy muammolari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Kurash murabbiyligi bo'yicha 3 oylik onlayn kurs doirasida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining madaniyat saroyida bo'lib o'tgan ushbu ilmiy-amaliy anjumanda universitet prorektorlari, universitetga xorijdan jalb etilgan professorlar, xalqaro kurash instituti, xalqaro kurash associaciyasi vakillari, kafedra mudirlari, universitetining milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o'qituvchilari, talabalar, shuningdek, 15 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan 30 nafar kurash bo'yicha xorijiy mutaxassislar, hakamlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjumanda mutaxassislar jismoniy tarbiya va kurash sport turi sohasida o'zaro tajriba almashish, xalqaro aloqalarni yo'lga qo'yish va rivojlantirish, ilmiy va amaliy yutuqlar va muammolar bilan o'zaro o'rtoqlashishdi. SHuningdek, anjuman ishtirokchilari kunning ikkinchi yarmida hakamlik qonun-qoidalari bo'yicha tashkil etilgan amaliy mashg'ulot jarayonlarida ham ishtirok etishdi.

Anjuman doirasida universitetning Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan yuqori saviyadagi kurash bo'yicha universitet birinchiligi tashkil etildi va ushbu birinchilikda xorijlik kurash mutaxassislari hakamlik qilishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing