So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

11 fev 10:49
Yangiliklar

Kurash

O'zDJTSUda kurash va belbog'li kurashni rivojlantirish bo'yicha seminar o'tkazildi

O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yana bir tadbir tashkil etildi.

O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining madaniyat saroyida milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi hamda O'zbekiston kurash federaciyasi bilan hamkorlikda "Kurash va belbog'li kurashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari va uning dolzarbligi" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi. 

Mazkur seminar-treningda O'zDJTSU rektori Mahmudjon Boltaboev, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Milliy olimpiya qo'mitasi kurash bo'limi boshlig'i, falsafa fanlari doktori Kamol Usmonov, CHirchiq shahar prokurori Xayrulla Bo'riev, O'zbekiston kurash federaciyasi bosh kotibi Alisher Eshonqulov, kurash federaciyasi hakamlar hayati raisi Olim Hayitov, Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri SHavkat Mirzaqulov boshchiligida kafedraning professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. 

Mazkur seminarda bugungi kunda kurash va belbog'li kurash sport turida kuzatilayotgan muammolar, ushbu yo'nalishda tahsil olayotgan bitiruvchi-talabalarni ish bilan taminlash masalalari, tizimdagi kamchiliklar, ushbu  sport turlarini yurtimizda va xalqaro miqyosda rivojlantirish borasida o'zaro fikr-mulohazalar bildirildi.

Seminar doirasida O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi tomonidan O'zDJTSUning Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga zamonaviy elektron tablo sovg'a sifatida taqdim etildi.

SHuningdek, CHirchiq shahrida jismoniy tarbiya va sportni, xususan, kurash va belbog'li kurashni rivojlantirishga qo'shayotgan hissasi uchun CHirchiq shahar prokurori, shahar kurash federaciyasi raisi Xayrulla Bo'riev belbog'li kurash federaciyasining tashakkurnoma va esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing