So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

18 mar 09:35
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSUda press-tur tashkil etildi FOTOGALEREYA

Teglar :  O'zDJTSU
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sport jurnalistlari va blogerlar o'rtasida stol tennisi bo'yicha “Rektor kubogi” musobaqasi va press-tur tashkil etildi.

Ushbu tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida o'tkazildi. 

Unda jurnalist va blogerlar dastlab, universitet madaniyat saroyida joylashgan ARM, o'quv xonalari, sport zallarida professor-o'qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda universitet faoliyati bilan tanishishdi. 

Press-tur davomida boks, kurash, belbog'li kurash, gimnastika, dzyudo, taekvondo, karate sport turlari bo'yicha pedagogik mahorat darslarida Olimpiada o'yinlari, Osiyo va jahon chempionatlarining sovrindorlari ishtirokida ko'rgazmali chiqish va master-klasslar o'tkazildi. 

SHuningdek, tadbir doirasida jurnalistlar, blogerlar hamda universitet rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda jurnalist va blogerlar o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi hamda ularga atroflicha javoblar olishdi. 

Yig'ilish davomida universitet va «Sport» telekanali o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumiimzolandi. Uchrashuv yakunida universitet rahbariyatiga berilgan eng yaxshi savol egalariga rektorning maxsus sovg'alari topshirildi.

SHundan so'ng, stol tennisi bo'yicha “Rektor kubogi”ga startberildi. Musobaqada 40 ga yaqin jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi. Qiziqarli va murosasiz bellashuvlarning erkaklar o'rtasidagi musobaqasida  1-o'rin «Sport» telekanali jurnalisti Sanjar Muhammadxonov, 2-o'rin «Sport» telekanali jurnalisti Sardor Rahimov, 3-o'rinni esa Telemarkaz xodimi Abbosjon Murodjonovlar egalladi. 

Ayollar o'rtasida 1-o'rin «Sport» telekanali jurnalisti Malika Ermatova, 2-o'rin Sirdaryo viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi matbuot kotibi Sayyora Irsqulova, 3-o'rinni “Dunyo bo'ylab” telekanali jurnalisti Ozoda To'raqulova egalladi. Bellashuvlar yakunlangach, g'olib va sovrindorlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing