So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

04 apr 08:46
Yangiliklar

SHaxmat

O'zDJTSUda shaxmat bo'yicha kasaba uyushmasi kubogi bellashuvlari bo'lib o'tdi

Teglar :  SHaxmatO'zDJTSU
SHaxmat kam harajat talab etadigan ommaviy sport turlaridan biri hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF -6099 - sonli Farmoni ijrosini shuningdek, “SHaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtirish hamda shaxmatchilar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ – 4954  - sonli qarori ijrosini  taminlash maqsadida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida shaxmat bo'yicha O'zDJTSU kasaba uyushmasi kubogi uchun musobaqa tashkil etildi. 

Mazkur shaxmat musobaqasi universitet kasaba uyushmasi tashabbbusi bilan hamda Yoshlar bilan ishlash, manaviyat-arifat bo'limi, Sportni boshqarish va turizm fakulteti, Sport menejmenti va iqtisodiyot kafedrasi hamkorligida professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar, talab-yoshlar va aholi o'rtasida o'tkazilgan bo'lib, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan 100 nafardan ortiq havaskor shaxmatchilar ishtirok etishdi. 

Kun davomida o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, quydagi shaxmatchilar kuchli uchlikdan joy olishdi.

Ayollar

1. SHaxnoza Tashmatova

2. Nilufar Mirjamolova

3. Mamura Xudoyberdieva

Talaba–yoshlar (qizlar)

1. Madina Narxonova 

2. Dilafro'z Egamqulova

3. Malika SHamsieva

Erkaklar

1. Masud Mo'saev

2. Bahrom Xoliqov

3. Doniyor Tillaev

Talaba yoshlar (o'g'il bolalar)

1. Zamidulla Sultonov

2. Aziz SHermatov

3. Muslimbek Ziyoedinov

G'olib va sovrindorlar universitet kasaba uyushmasi tomonidan tasis etilgan diplom, medal va  qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing