So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

09 fev 10:29
Yangiliklar

Dzyudo

O'zDJTSUda talabalar uchun dzyudo bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi

Teglar :  O'zDJTSUDzyudo
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan talabalar uchun dzyudoga kiritilgan yangi qoidalar bo'yicha o'quv-amaliy seminar va mahorat darslari tashkil etildi.

Mazkur mahorat darslarida dzyudo bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, II darajali “Sog'lom avlod uchun” ordeni sohibi, O'zbekistonda dzyudo sport turining asoschisi, professor Arslon Elov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri SHuhrat Arslonov, dzyudoda nom qozongan va hozirda kafedrada talabalarga dzyudo bo'yicha ustozlik qilayotgan Malik Anorboev, Abdulla Tangriev, Baxit Jumanov, Farhod To'raev, Zafar Bo'riev, Akmal Urmonov, Viktoriya Ozdaeva, Sirojiddin Qodirovlar dastlab talabalarga xarqaro dzyudo federaciyasi tomonidan dzyudo sport turi qoidalariga kiritilgan o'zgarishlar borasida batafsil tanishtirib o'tishdi. 

SHundan so'ng kafedraning professor-o'qituvchilari hamda dzyudo yo'nalishida tahsil olayotgan talablar ishtirokida yangi qoidalarning bajarilish usullarini mahorat darsi orqali ko'rsatib berishdi.

Arslon ELOV, Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori: 

- Malumki, 1972 yilda Yaponiyadan bir guruh dzyudo murabbiylari Toshkentga shahriga tashrif buyurib, dzyudo sport turini mamlakatimizda keng rivojlantirish bo'yicha seminar o'tkazib ketishgan edi. O'shanda ushbu sport turini keng ommalashtirish va rivojlantirish aynan meni zimmamga yuklatilgan va men 1972 yildan mamlakatimiz bo'ylab kezib, bu vazifani bajarishga kirishganman. 75 yoshni qarshilayapmanki, hali-hamon kafedrada talabalarga dzyudo sirlarini o'rgatib kelaman. Bugungi o'quv-amaliy seminarimiz talabalarimizni xalqaro dzyudo federaciyasi tomonidan har to'rt yilda kiritiladigan yangi qoidalari bilan tanishtirishdan iborat bo'ldi. SHuningdek, dzyudo yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar ertaga oliygohni tugatib, joylarda murabbiylik faoliyatini boshlaganda shogirdlariga ushbu yangi qoidalar asosida ham o'rgatib borishi, qolaversa, talabalarimizning mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda kiritilgan yangi qoidalarni puxta o'zlashtirgan holda ishtirok etishi ham maqsad qilingan.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing