So’nggi yangiliklar

14:31Волкановски Топурия билан реванш ўтказишга тайёр 0 13:10Каспаров Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши жаҳон тожи учун баҳси ҳақида гапирди 0 12:08Жасур Алижонов Рамазон Темиров қаерда хато қилганини айтди 0 11:30Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:45Айтжан Халмаханов Жаҳон чемпионлиги учун финалда курашади 0 09:48Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионати якунланди 0 09:03Хайме Мунгия барибир Никита Зон билан жанг қиладиган бўлди 0 19:56Сафонов, Батраков , Захарян, Головин, Миранчук... Россия терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйин учун қайдномасини маълум қилди 0 19:20Разамбек Жамалов тизза жароҳати сабаб Жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади 0 18:36Формула-1. Андреа Кими Антонелли— АҚШ Гран-приси ғолиби! 0 18:13Ёпиқ иншоотлар ва жанг санъатлари Осиё ўйинлари бу йил ўтказилмайди 0 17:28Ислам Махачев Пратес–Моралес жанги ҳақида фикр билдирди 0 16:40Осиё Кубоги-2027: Ўзбекистон МТЖ ўйинлари вақти маълум 0 15:47UFC 333: Рамазон Темиров Абу-Дабидаги жанги орқали қанча гонорар ишлаб олди? 0 15:06Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатида қатнашади 0

10 sen 11:00
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSUda yangi o'quv yili boshlandi FOTOGALEREYA

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi o'quv yili oldidan bayram tadbiri o'tkazildi.

Universitet rahbariyati, O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi masullari, CHirchiq shahar hokimligi va jamoatchilik vakillari, faxriy ustozlar, professor-o'qituvchilar, taniqli sportchi-talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etgan tadbirda takidlanganidek, Parij shahrida bo'lib o'tgan 33-yozgi Olimpiya o'yinlarida sportchilarimiz qo'lga kiritgan tarixiy g'alabalarni alohida qayd etish zarur. 

Cakkizta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 13-o'rinni egallashida sport universiteti talaba-sportchilarining, murabbiylarning alohida o'rni borligi, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining o'qituvchi-murabbiylari va talabalari xususan, universitet sobiq talabasi, boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari Bahodir Jalolov, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev, Abdumalik Xaloqov, Diyora Keldiyorova, Muzaffarbek To'raboev, murabbiy Farrux Qilichevning kamolotga erishishida ushbu dargohning o'rni beqiyosligi aytib o'tildi.

SHuningdek, universitet talaba-yoshlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, 2156 o'ringa mo'ljallangan talablar turar joyi, madaniyat saroyi, turli sport mashg'ulotlariga mo'ljallangan majmualar yoshlar ixtiyoriga topshirilganligi o'quv yili mazmunli o'tishidan dalolatligi, bu, davlatimiz tomonidan yoshlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik ekanligi bildirildi.

CHirchiq shahar hokimi M. Abdurahimov, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor R. Matkarimov va boshqalar yangi o'quv yilida talaba-yoshlarni chuqur bilimga, sport ko'nikmalariga ega bo'lish asnosida o'z mutaxassisliklari bo'yicha malakali mutaxassis bo'lib etishib chiqishi hamda kelgusidagi faoliyatida ulkan yutuqlar yor bo'lishini tilashdi. 

Tadbir davomida universitetda uzoq yillar samarali mehnat qilgan va doimiy izlanishda bo'lgan bir qator professor-o'qituvchilar hamda murabbiylarga ilmiy daraja va unvonlar topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing