So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

07 sen 13:18
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Tadbirlar

O'zDJTSUda yangi o'quv yili boshlandi. Isroil Madrimov falsafa fanlari doktori!

Bugun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2026/2027-o'quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Marosimni universitet rektori Rashid Matkarimov ochib berib, yangi o'quv yili ostonasida turgan talabalarni samimiy muborakbod etdi.

Rektor o'z tabrigida talabalik — inson hayotidagi eng unutilmas va masuliyatli davrlardan biri ekanini takidlab, yoshlarni bilim olishga, izlanishga, sport bilan shug'ullanishga, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga hamda universitet shanini munosib himoya qilishga chorladi.

Tantanali marosimda universitetning faxriy ustozlari bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi bo'lim boshlig'i Muqum Arziqulov, Pekin-2008 yozgi Olimpiya o'yinlari kumush medali sovrindori, “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Abdulla Tangriev, Sidney-2000 Olimpiya o'yinlari bronza medali sovrindori, “O'zbekiston iftixori” Rustam Saidov, WVA yo'nalishida sobiq jahon chempioni, “Do'stlik” ordeni sohibi Isroil Madrimov hamda boshqa taniqli sport yulduzlari ishtirok etdilar.

Mehmonlar talaba-yoshlarni yangi o'quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etib, ularga talim va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, ilmiy izlanishlarida yuksak natijalar hamda sportda yangi zafarlar tiladilar.

SHundan so'ng universitetning bir guruh professor-o'qituvchilariga Turon fanlar akademiyasining akademigi faxriy unvonlari hamda ilmiy daraja va ilmiy unvonlar tantanali ravishda topshirildi. Ilmiy unvon olganlar orasida Isroil Madrimov ham bor. U pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasi hamda docent unvoniga ega bo'ldi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing