So’nggi yangiliklar

21:34Хоккей. Гампр жаҳон чемпионатининг расмий маскоти бўлади 0 19:23Аморим Брунуга "Реал" томонидан қизиқиш бўлаётганига муносабат билдирди 0 19:02Эдди Хирн Дмитрий Биволнинг эҳтимолий рақибини айтди 0 18:39WBC президенти Бивол ва Бенавидес жанги бўйича музокаралар ҳақида гапирди 0 18:30Хоккей. Арманистон ва Чехия термалари куч синашди 0 18:17Саудия Арабистони клублари Винисиусга Роналдуникидек шартнома таклиф қилмоқда 0 17:52Забит Магомедшариповнинг ММА'га қайтиши ҳақида хабарлар тарқалди 0 17:28PFL асосчиси Усик ва Пол ўртасида жанг ўтказиш ғоясини илгари сурди 0 17:02Леннокс Льюис фаолятидаги энг қийин рақиб кимлигини айтди, бу Майк Тайсон эмас 0 16:40Холанд учун мавсум якунланди 0 16:19Конор Магрегор: "Июнь ойида Алькатрас қамоқхонасида жанг қилишим мумкин эди, лекин..." 0 15:59FIDE рейтинги янгиланди, Абдусатторов кучлилар қаторида, ТОП-100'да 5 нафар ҳамюртимиз бор 0 15:35Эдди Хирн: "Супер оғир вазннинг ҳозирги юлдузи Жошуа, чунки Фьюри нафақада" 0 15:14Бокс бўйича Жаҳон кубогида бугун 3 нафар ҳамюртимиз рингга кўтарилади 0 15:02«Манчестер Сити»нинг уч нафар ярим ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этади 0

19 iyu 10:24
Yangiliklar

Tadbirlar

O'ZDJTSUning 2022-2023 o'quv yili uchun qabul jarayoniga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi

Teglar :  O'zDJTSU
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2022-2023-o'quv yili uchun qabul jarayonlariga tayyorgarlik masalalariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Mahmudjon Boltabaev, universitetning ilmiy ishlar va innovaciyalar bo'yicha prorektori Bahrom Musaev hamda Korrupciyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Sohib Risboev ishtirok etishib, jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

O'ZDJTSU rahbariyatining takidlashicha, joriy yil oliy talim muassalariga qabul jarayonlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi “Davlat oliy talim muassasalariga o'qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to'g'risida”gi PQ-279-son qarori va “2022-2023 o'quv yili uchun davlat oliy talim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi  parametrlari to'g'risida”gi F-60-son farmoyishi asosan amalga oshirilmoqda.

Abiturientlardan hujjatlar 

2022-2023-o'quv yili uchun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va 2 ta filialiga kunduzgi talimga jami 1750 ta kvota ajratilgan. SHundan, 140 ta kvota Nuks filialiga, 225 ta kvota Farg'ona filialiga, 1385 ta kvota  universitetga ajratilgan. (davlat granti 527 ta, shundan, 355 o'zbek guruhga, 172 ta rus guruhga ajratilgan).

Sirtqi talimga jami 625 ta kvota ajratilgan bo'lib, shundan, 75 ta kvota Nukus filialiga, 150 ta kvota Farg'ona filialiga, 400 ta kvota universitetga ajratilgan. 

O'ZDJTSUning Kunduzgi talim yo'nalishi bo'yicha jami 7 ta talim yo'nalishida  imtihonlar bo'lib o'tadi. Bundan 5 ta talim yo'nalishida test va 2 ta talim yo'nalishida (bundan 40 ta sport faoliyati) esa test va kasbiy (ijodiy) imtihonlar amalga oshiriladi. SHu bilan birga Sirtqi talim shaklida 36 ta sport faoliyati yo'nalishlarida imtihonlar bo'lib o'tadi. 

Jumladan, xotin-qizlar sportini rivojlantirish yo'nalishi bo'yicha 10 ta sport faoliyati yo'nalishlari bo'yicha (boks, engil atletika, tennis, futbol, dzyu-do, taekvondo WTF, kurash, shaxmat, karate VKF, stol tennisi) qabul amalga oshiriladi. Joriy yilda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga 3 ta yangi bakalavriat talim yo'nalishi bo'yicha abiturientlar qabul qilinadi.

Bular: sport turizmi (kunduzgi), komondan otish (kunduzgi), mini futbol (kunduzgi va sirtqi).

Joriy yilda ham abiturientlar alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat talim yo'nalishlariga o'qishga qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihonlardan so'ng majburiy uchta fandan –ona tili (o'zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O'zbekiston tarixi fanlari bo'yicha  Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini topshiradilar. 

Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar quyidagicha amalga oshiriladi yani sport turlari bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihon ballarining yuqori yig'indisi sinov natijalariga ko'ra – 156 ballni tashkil etib, bundan abiturientlar kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan bakalavriat talim yo'nalishlariga mos ikkita yani:

- maxsus jismoniy tayyorgarlik 93 ball, 

- umumiy jismoniy tayyorgarlik 63 ball (bundan suzish 33 ball, engil atletika bo'yicha yugurish 30 ball)ni tashkil qiladi. 

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi PQ-279-son qarorining 2 ilovasi 7 bandida Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan xalqaro va respublika tanlovlari, musobaqalari g'oliblari bo'lgan akademik liceylar, professional talim muassasalari va umumtalim maktablari o'quvchilarini taqdirlash tartibi to'g'risidagi nizomning 2-band yani  oliy talim muassasalariga o'qishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar kattalar va yoshlar o'rtasida sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo'yicha olimpiya va paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida oxirgi to'rt yilda, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi bir yilda g'olib va sovrindor (1-3 o'rin) bo'lgan umumiy o'rta talim maktablari, o'rta maxsus professional talim muassasalarining bitiruvchilari oliy talim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi talim yo'nalishlariga qo'shimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki talim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinishi ko'rsatib o'tilgan.

Imtihonlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati CHirchiq shahri, sportchilir ko'chasi 19 uyda joylashgan universitetning sport zallari va maydonlarida bo'lib o'tadi. 

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yilning 29 iyulidan boshlash rejalashtirilgan bo'lib, taxminan 14 avgust sanasigacha davom etadi. Imtihonlar sport turlari kesimida o'tkaziladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o'tkaziladigan barcha sport majmualari videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo'lib, zarur vositalar bilan taminlangan. Xolislik va shaffoflikni taminlash maqsadida imtihonlarni o'tkazish jarayonlari jonli tarzda internet (o'tkan yili imtihon.edu.uz platformasi orqali amalga oshirilgan) orqali uzatib boriladi.

SHuningdek, imtihon jarayonlari videokameralar orqali yozib olinadi.

Imtihonlarni adolatli va haqqoniy o'tishini taminlash maqsadida imtihon oluvchi komissiya azolari safiga sport federaciyalaridan, huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan mutaxassislar taklif etiladi. 

SHu bilan birga kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonini kuzatib borish uchun xalq deputatlari va jamoatchilik kengashi azolari biriktiriladi.

Universitetda abiturientlar uchun qator qulayliklar, jumladan kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi haqida malumotlar va tavsiyalar berish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida  Call-center xizmati faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

2022 yil 17 iyul holatiga universitetga 5638 nafar ariza kelib tushgan. SHundan, kunduzgi talimga 2951 nafar (o'zbek tili 2402, rus tili 549), sirtqi talimga 2687 nafar (o'zbek tili 2174, rus tili 513) abiturientdan ariza kelib tushgan.

O'tgan yili universitetga jami bakalavriat talim yo'nalishi  bo'yicha 9592 nafar abiturient hujjat topshirgan. 

Magistratura mutaxassisligi bo'yicha esa jami 1148 nafar talaba hujjat topshirgan.

O'ZDJTSU Matbuot xizmati malumotlari asosida Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing