So’nggi yangiliklar

10:45Бокс. Бугун Жаҳон кубогида 7 нафар боксчимиз жанг қилади 0 09:34Нодирбек Абдусатторов ғалаба эвазига Лондон турнири пешқадамига айланди 0 08:03Фомин Hersonissos Challenger турнирида чемпион бўлди 0 07:32"Манчестер Юнайтед" ўз майдонида шармандали ҳисобда мағлуб бўлди 0 07:01Майкл Моралес: "Ислам Махачевдан ҳеч қандай таҳдид кўрмаяпман" 0 21:58Зокиров билан жанг қиладиган Мокаев: "UFC октагони ташқарисида ўн баробар кўпроқ пул ишлаяпман" 0 20:29Тошкентда шахмат бўйича "Ўзбекистон президенти кубоги" халқаро турнири старт олди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:51Суперлига. "Нефтчи" - Ўзбекистон чемпиони! 0 19:00Бокс. Тошкентда Жаҳон кубоги бошланди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 17:52Махачевнинг жамоаси Исламни UFC камаридан маҳрум қилиш талабига жавоб берди 0 17:30Жаҳон кубоги: Абдураҳмон Маҳмуджонов мағлуб бўлди 0 17:21ПСЖнинг Винисиус трансфери бўйича позицияси маълум бўлди 0 16:50Бивол Александр Усик билан жанг қилиш эҳтимолини баҳолади 0 16:19Келдиёрова Токио "Катта Дубулға" турнири олдидан япониялик Олимпиада чемпионининг "мастер класси"да иштирок этди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:48Андрей Есипенко: "Синдаров ё осон ютади ёки..." 0

21 iyu 11:11
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSUning xalqaro aloqalari kengaymoqda

SHu yilinng 23 may kuni davlatimiz rahbari raisligida sportni ommalashtirish, sport talimini yaxshilash masalasida yig'ilish bo'lib o'tgan edi.

Ushbu yig'ilishdagi vazifalar ijrosini taminlash maqsadida ayni kunlarda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltabaev rahbarligidagi delegaciya Latviya Respublikasining Riga shahrida bo'lib turibdi.

Jismoniy tarbiya va sport talimini rivojlantirish, xalqaro oliy talim muassasalari bilan aloqalarni yo'lga qo'yish maqsadida O'zbekiston Respublikasining Latviyadagi favqulodda va muxtor elchisi Qadamboy Sultonov bilan Riga shahrida rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama sport talimi va sport mutaxassislarini tayyorlash, bu borada Boltiqbo'yi davlatlari bilan keng hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokalar olib borildi.

Malumot uchun, universitet delegaciyasining Boltiqbo'yi davlatlariga (Latviya, Litva) rasmiy tashrifi 24 iyungacha davom etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing