So’nggi yangiliklar

17:49Кудерметова Гуанчжоудаги турнирда индонезиялик теннисчига қарши кортга чиқди 0 17:012027 йилнинг илк UFC турнири эълон қилинди + ПОСТЕР 0 16:07Бугун Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 15:16Остон Ўрунов яна жароҳат олди 0 14:31Волкановски Топурия билан реванш ўтказишга тайёр 0 13:10Каспаров Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши жаҳон тожи учун баҳси ҳақида гапирди 0 12:08Жасур Алижонов Рамазон Темиров қаерда хато қилганини айтди 0 11:30Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:45Айтжан Халмаханов Жаҳон чемпионлиги учун финалда курашади 0 09:48Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионати якунланди 0 09:03Хайме Мунгия барибир Никита Зон билан жанг қиладиган бўлди 0 19:56Сафонов, Батраков , Захарян, Головин, Миранчук... Россия терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйин учун қайдномасини маълум қилди 0 19:20Разамбек Жамалов тизза жароҳати сабаб Жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади 0 18:36Формула-1. Андреа Кими Антонелли— АҚШ Гран-приси ғолиби! 0 18:13Ёпиқ иншоотлар ва жанг санъатлари Осиё ўйинлари бу йил ўтказилмайди 0

08 jan 20:40
Yangiliklar

Futbol

O'zi Ali akaning itidan suyak qarzi bor, yana legioner sotib oladi. Qayoqqa qarab ketayapsan, o'zbek futboli?

Futbolimizda har yili shu gap, falonchi legioner falon klubning ustidan FIFAga shikoyat xati yozadi.

Xorijdan olib kelingan futbolchilar klub ustidan FIFAga shikoyat xati kiritgan bir vaqtda tarkibga yana bir legionerni jalb etishga urinaverish bu - kredit qarzdorligini yopaman deb yana kredit olmoqchi bo'lgan maqsadsiz kishining axmoqona harakatlariga o'xshaydi. Hozirga kelib tijorat banklari kredit oluvchining to'lov qobiliyatidan kelib chiqib, kredit ajratayapti, bu bor amaliyot. To'lov qobiliyati etmaydigan bo'lsa, albatta hech qanday "dod-voy"lar inobatga olinmaydi va kredit berilmaydi.

Futbolimizda har yili shu gap, falonchi legioner falon klubning ustidan FIFAga shikoyat xati yozadi. Siz ayta olasizmi, bularning oxiriga qachon etamiz? Qachondir tugaydimi o'zi? Nega futbol klublari to'lov qobiliyati etarli bo'lmay turib katta-katta pullarga legioner olib kelaverishadi? O'zPFL xorijdan keladigan futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishda futbol klublarining to'lov qobiliyatlarini inobatga oladigan tizim ishlab chiqishi shart. Bu kechagi kunning emas, bugunning ham dolzarb mavzusi. SHunday davom etaversak, shu masala ertangi kun tartibida ham dolzarbligicha qolaveradi.

Bizning futbolda etiborni faqat asosiy jamoaga qaratadigan futbol klublari ham yo'q emas. Qolganlarga, masalan yoshlar yoki ayollar jamoalariga "Bor, aravangni tort" qabilida munosabat qilinadi. Kerak bo'lsa nomdor klublar haqida ham eshitib qolasiz, yoshlar jamoalarining yotadigan joyi yo'q, xatto oziq-ovqati ham o'lda-jo'lda chiqadi. Yana ayollar jamoasidan 4-5 talab futbolchi bitta engil mashinada tiqilib, uzoq masofalik yo'lgan 10 soatlab yo'l bosib, o'yin boshlanishiga arang etib borgan xolatlarni eshitganmiz. Biroq, o'sha klubning asosiy jamoasi tarkibiga nazar tashlasangiz, eng qimmat maosh oluvchi futbolchilar, qimmat legionerlar borligini ko'rasiz.

Tarkibga legioner jalb etish amaliyoti Evropa chempionatlarida ham bor, inkor qilmaymiz. Faqat u erdagi klublarda to'lov qobiliyati etarlicha ekani inobatga olinadi, moliyaviy "feyr-pley" qoidasi bor. Masalan, reklamlardan tushadigan mablag' yoki shunchaki futbolka sotib ham olib kelingan futbolchining transfer summasini qoplab qo'ya olishadi. Misol uchun, Xames Rodriges "Real Madrid"ga o'tganida, futbolchi klubga etib kelmay turib, futbolkalar sotuvidan transfer summasi ikki barobar ko'proq chiqarib olingan. Xo'sh, siz ham shunday qila olasizmi? Qimmat pulga olib kelayotgan legioneringizning futbolkalarini sotuvga qo'yib, qanchadir daromad topa olasizmi? Yo'q, shunchaki o'sha futbolkalarni ishlab chiqargan firmaga to'lov qilib, ortiqcha chiqim qilasiz xolos. Aslida siz bularni o'ylab ham o'tirmaysiz ham. Yana o'sha gap, beli og'rimaganning non eyishini ko'r.

Futbol mahorat maktablari dedik, futbol akademiyalari deyapmiz, nega shu muassasalardan etishib chiqayotgan, o'ynayman deb ko'zi yonib turgan yosh futbolchilarga etibor qaratmaymiz? Zoran Marushich avvalgi gal Superligamizga kelganida uni deb futbolimizning ikki murabbiyi o'rtasida nizo kelib chiqqani haqidagi xabarlar matbuotga sizib chiqqandi. Tayyor pulga tayyor legionerlarni kerak bo'lsa talashib-tortishib olib kelamizu, nega o'zimizning qorako'zlarga etibor qaratmaymiz, ularga o'yin amaliyoti berib, kashf qilmaymiz? Axir aynan o'sha yosh futbolchilar o'zbek futbolining kelajagi emasmi?

Bitta "zo'r" murabbiyni bilaman, tarkibga eng kuchli futbolchilarni jamlab olib jamoani Superligaga olib chiqqandi. SHunaqangi kuchli tarkibi bor jamoa kerak bo'lsa murabbiysiz ham Pro-ligani yuta olardi. To'g'ri, jamoani Superligaga olib chiqildi, lekin butun mavsum davomida bironta ham yosh futbolchi kashf qilinmadi.

SHu taxlit davom etaversak, tez orada legioner futbolchilarni talashib, mushtlashishgacha borgan murabbiylar haqida o'qib qolsak kerak ehtimol. Hakamlari pora bilan ushlansa, ko'm-ko'k deb o'ylangan maysalar ostidan "zararkurandalar" chiqayotgan bo'lsa, murabbiylarimiz kim o'zarga legioner olib kelaversa, qayoqqa qarab ketayapsan, o'zbek futboli? Dragan CHeran shu yoshida ham ketma-ket to'purar bo'laversa, suratlarini faxr bilan ijtimoiy tarmoqqa joylaymizu, lekin uning yonida o'ynab-o'rganib to'purarlar poygasida o'zib ketgan biron hujumchimiz yo'q ekanini o'ylab ham ko'rmaymiz.

Bekzod Tolibov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing