07 iyu 10:30
Yangiliklar
Futbol

Ozil jarohat oldi va endi JCH-2018ni o'tkazib yuborishi mumkin
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mesut Ozil Avstriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (1:2) tizzasidan jarohat oldi.
29 yoshli futbolchi 4 kundan buyon jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmayapti. Ozil faqat trenajern zalida ishlamoqda. «Arsenal» futbolchisi 8 iyun kungi Saudiya Arabistoni bilan bo'ladigan bahsni o'tkazib yuborishi aniq.
Ozilning JCH-2018 birinchi turi doirasida 17 iyun kuni bo'ladigan Meksikaga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.
Havola :
Fikrlar