10 okt 11:37
Yangiliklar
Futbol

O'zil turk klubiga o'tishi mumkin
“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut O'zilning London klubini tark etishi kutilmoqda.
Takvim nashriga ko'ra, “Fenerbahche” klubi Mesut O'zil transferi yuzasidan londonliklar bilan muzokaraga kirishgan.
“Arsenal” ustozi Unai Emeri O'zilga ishonch bildirmay qo'ydi. O'zil ham jamoadagi holatidan mamnun emas. “To'pchilar” esa futbolchi yuqori maosh olishi sabab uni sotib yuborishga qarshi emas. Mesutning “Arsenal” bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar