So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

10 okt 07:29
Yangiliklar

Futbol

O'zPFL Germaniya Bundesligasi bilan hamkorlik qiladi

Oldinroq xabar berganimizdek, Ispaniyaning Madrid shahrida 24-25 sentyabr kunlari Butunjahon futbol sammiti bo'lib o'tdi.

Ushbu sammitda O'zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G'ofurov boshchiligidagi delegaciya ishtirok etdi.

Sammit doirasida delegaciyamiz vakillari Evropaning bir qancha futbol jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazib, bir qator loyihalarni amalga oshirishga kelishib olgan edi.

Jumladan, Evropaning eng etakchi chempionatlari qatoriga kiruvchi Germaniya Bundesligasining xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Bernd Vilms bilan muzokara o'tkazilib, O'zbekiston Professional futbol ligasi hamda Bundesliga o'rtasida bir qancha yo'nalishlarda, jumladan muxlislar bilan ishlash bo'yicha hamkorlik qilish uchun memorandum imzolashga kelishib olingan edi.

Bundesliga stadionlarning uchrashuvlar vaqtida to'lib-toshishi borasida dunyodagi eng yaxshi ko'rsatkichlarga ega chempionatlardan biri sanaladi. Aynan shu sababdan O'zbekiston Professional futbol ligasi Bundesliga tajribasini o'rganib, yurtimizda futbol ishqibozlarining milliy chempionatimizga qiziqishlarini oshirish, Superliga uchrashuvlariga yanada ko'proq muxlislar tashrif buyurishini taminlash bo'yicha ish olib boradi. 

Hamkorlik doirasida noyabr oyida germaniyalik mutaxassislarning yurtimizga tashrif buyurishi ko'zda tutilmoqda. Bundesliga vakillari Germaniyada muxlislar bilan ishlashda asosan qanday jihatlarga etibor qaratishi, o'yinlarga muxlislar tashrifini ko'paytirish bo'yicha qanday dasturlar amalga oshirilishi, Bundesliga o'yinlari vaqtida stadionlar doimo to'la bo'lishini taminlash bo'yicha qanday chora-tadbirlar ko'rilishi borasida batafsil malumot berishadi va o'z tajribalari bilan o'rtoqlashib, nemis tajribasini O'zbekistonda tatbiq etishda o'z tavsiyalarini berishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing