So’nggi yangiliklar

09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0

13 jan 18:39
Yangiliklar

Futbol

O'zPFL Superliga klublarining liboslariga oid talabni yangiladi

Teglar :  SuperligaO'zPFL
"Superliga va Pro liga reglamenti"ning 17-bobida shu haqda so'z boradi.

Liga klublarga qulaylik yaratish maqsadida reglamentning tegishli bobini tushunarli ko'rinishga keltirdi. Klub libos dizaynini ishlab chiqayotganda mazkur talablarga etibor qaratishi lozim. Fayl Liga saytining hujjatlar bo'limiga ham yuklangan.  

2025 yildan boshlab har qanday klub o'z muxlislari ko'z o'ngidagi uy uchrashuvida asosiy libosda maydonga tushishi talab etiladi. O'tgan mavsumlar davomida bu jihat murabbiylar kayfiyati yoki ularning ayrimlari amal qiladigan irimlardan kelib chiqishi oqibatida uchrashuv komissarlari qator qiyinchiliklarga duch keldi. SHundan kelib chiqib, har bir klub o'z maydonida qanday libosda harakat qilishi masalasini mavsum avvalida hal qilib olishi va uni mavsum so'ngiga qadar o'zgartirmasligi talabi reglamentdan joy oldi. Bu o'z navbatida sevimli jamoasi ishtirokidagi uy o'yiniga tashrif buyurayotgan ishqibozlar uchun ham qulaylikka olib keladi. 

SHuningdek, futbolchi o'z licenziyasida ko'rsatilgan raqamli futbolkada o'yinga qo'yiladi. Har qanday klub mazkur masalaga professional nuqtai nazardan yondashishi, o'zining U-21 va U-19 jamoalari uchun ham asosiy tarkibniki kabi liboslar taqdim etishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday holatda keyinchalik asosiy tarkibga jalb etiladigan futbolchida o'z libosi hamda raqami bilan Superliga yoki Pro liga bellashuvida maydonga tushish uchun imkoniyat bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing