23 noy 09:46
Yangiliklar
Boshqalar
Padel tennisi 2026 yilgi Osiyo o'yinlari dasturiga kiritildi
Osiyo Olimpiya Kengashi ushbu sport turini Aichi-Nagoya-2026 o'yinlari dasturiga rasman qo'shdi.
Padel tennisini rasmiy sport turi sifatida qabul qilish global miqyosda tan olinishi yo'lidagi muhim qadam bo'lib, uni 2032 yilgi Avstraliyaning Brisben shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga kiritish uchun yo'l ochadi.
Ushbu sport turi garchi Meksikada paydo bo'lib, Ispaniyada ommalashgan bo'lsa-da, 2020 yildan beri katta tarixiy kengayishni boshdan kechirmoqda. Xususan, joriy yilda O'zbekistonda ham skvosh va padel tennisi federaciyasi ish boshladi.
Havola :
Manba : insidethegames.biz
Fikrlar