21 iyu 07:53
Yangiliklar
Futbol

Pako Xemes – “Granada” klubi bosh murabbiyi!
“Rayo Valekano” klubining sobiq ustozi Pako Xemes yangi mavsumda Ispaniyaning boshqa bir jamoasi “Granada”ni boshqaradi.
46 yoshli mutaxassis “Granada” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu malumot andalusiyaliklar rasmiy saytida ham qayd etildi. Xemes bilan 3 yillik shartnoma imzolangan.
Malumot uchun, yaqinda “Granada” klubini xitoylik sarmoyadorlar harid qilishgandi. Evro-2000 bahslarida Ispaniya terma jamoasida to'p tepgan Pako bungacha “Alkala”, “Kordova”, “Kartanexa”, “Las-Palmas” va “Rayo-Valekano” klublarida faoliyat yuritgandi. Pako Xemesning rasmiy tanishtiruv marosimi chorshanba kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar