10 mar 08:26
Yangiliklar
Engil atletika
Para-atletikachilarimizning licenzion turniri bekor qilindi
14-17 mart kunlari BAAning Dubay shahrida Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi Gran-pri turniri o'tkazilishi belgilangan edi.
Biroq butun dunyoga xavf solayotgan koronavirusi sabab mazkur musobaqa ham bekor qilindi. Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi ushbu turnir qachon va qaerga qoldirilgani borasida aniq malumot bermagan.
O'zbekiston terma jamoasi vakillari Dubay shahrida mazkur musobaqaga hozirlik ko'rgan edi. Bugun delegaciyamiz Dubaydan Toshkentga qaytib keladi. Licenzion turnirning bekor qilinishi atletlarimizning sport formasiga aslo tasir o'tkazmaydi. Vakillarimiz o'quv-mashg'ulot yig'inlari orqali jismoniy holatlarini yuqori maromda ushlab turishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar