13 mar 21:01
Yangiliklar
Dzyudo
Para-dzyudochilar o'rtasida O'zbekiston Kubogi o'tkazildi
Toshkent shaxrida joylashgan Paralimpiya markazida 12-13 mart kunlari paralimpiya sportchilari o'rtasida dzyudo bo'yicha O'zbekiston Kubogi bo'lib o'tdi.
Musobaqa o'tkazishdan asosiy maqsad – viloyatlarda selekciya qilingan sportchilarning jismoniy xolatini va ega bo'lgan texnik-taktik malakasini aniqlash.
G'oliblik uchun Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 50 dan ortiq sportchilar, jumladan erkaklar -60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 vazn toifasida hamda ayollar -48, -52, -56, -63, -70, +78 vazn toifasida kuch sinashdilar.
Musobaqa natijalariga ko'ra 1- o'rinni Buxoro viloyati, 2- o'rinni Samarkand viloyati va 3- o'rinni Qashqadaryo viloyati terma jamoa sportchilari egalladilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar