So’nggi yangiliklar

16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0 13:19Волкановски - Евлоев жангини Оқ уйда ўтказиш таклифи берилди 0 12:58Хосеп Гвардиола: "Артета деярли енгилмас жамоани тузган" 0 12:37Элина Свитолинада кутилмаган мағлубият 0 12:16Боксчимиз WBC камари учун қозоғистонлик рақибига қарши рингга чиқади + ПОСТЕР 0 11:55Евлоев ғалабадан сўнг: Лондонни эгалладик, энди навбат Сиднейга! (ФОТО) 0 11:34Sofascore. "Арсенал"га қарши учрашувда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 11:13Тошкентда сквош бўйича халқаро мусобақа ўтказилди 0

14 may 07:37
Yangiliklar

Dzyudo

Para dzyudochilarimiz ilk kungi bahslarda 5 ta medal qo'lga kiritishdi FOTOGALEREYA

Ozarbayjonning Boku shahrida paralimpiya dzyudosi bo'yicha Gran pri musobakasi boshlandi.

Dunyoning 35 davlatidan 212 nafar para dzyudochi ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham yurtimiz sharafini himoya qilishyapti. 

Quvonarlisi, musobakaning birinchi kungi bahslaridayoq dzyudochilarimiz jami 5 ta medalni qo'lga kiritishdi, shundan 2 tasi oltin! Erkaklar o'rtasidagi bahslarda -73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Feruz Saidov, -81 kg vaznda tatamiga chiqqan Davurxon Karomatov barcha raqiblarini mag'lub etib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi. 

Ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda esa Lobar Xurramova (-48 kg), Sevinch Salaeva ((-52 kg) va Parvina Samandarova (-57 kg) terma jamoamiz hisobiga bronza medallarini qo'shib qo'yishdi. 

Birinchi kungi bahslar yakuniga ko'ra O'zbekiston para dzyudo terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Uchtadan oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritgan Ozarbayjon terma jamoasi bu borada peshqadam. Kuchli uchlikka bittadan oltin, kumush va bronza medaliga sazovor bo'lgan Ukraina terma jamoasi yakun yasagan. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing