21 dek 12:51
Yangiliklar

Para-kanoechilarimizning Belarusdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini qizg'in davom etmoqda
Sportchilarimiz Eldor Yaxshibaev va Artyom Karmeev murabbiyligi ostida mashg'ulotlarda qatnashmoqdalar.
Yig'in davomida SHahnoza Mirzaeva, Aziz Abdulhabibov hamda Hayitmurod SHerqo'ziev Tokio-2020 bahslariga tayyorgarlik doirasida mashg'ulot olib borayotgan bo'lsalar, Hasan Qo'ldoshev Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi licenzion musobaqaga hozirlik ko'rmoqda.
Malumot o'rnida, joriy yilning avgust oyida Vengriyaning Ceged shahrida o'tkazilgan Para-kanoe bo'yicha jahon chempionatida vakillarimiz Paralimpiya o'yinlariga 3 ta yo'llanmani qo'lga kiritishgan edi.
SHahnoza Mirzaeva KL3 yo'nalishida oltin medal va Paralimpiada licenziyasini qo'lga kiritgan. Azizbek Abdulhabibov hamda Hayitmurod SHerqo'ziev sovrinli o'rinlarga ilina olishmagan bo'lishsa ham, Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi pog'onada finishga etib kelishgan edi.
Fikrlar