07 dek 08:43
Yangiliklar
Boshqalar
Para Osiyo o'yinlaridagi ishtirokimizni 18 ta medal bilan yakunladik
Bahraynda o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi Para Osiyo o'yinlarining so'nggi kunida hamyurtlarimiz para suzish hamda para pauerlifting sport turlari bo'yicha bahslarda ishtirok etishdi.
Jumladan, para suzishning S8 klassida 100 metrga chalqancha usulda suzish bo'yicha erkaklar o'rtasida Azizbek Boynazarov 01:21:39 daqiqa natija bilan marraga birinchi bo'lib etib keldi va oltin medalga sazovor bo'ldi.
Para pauerlifting bo'yicha erkaklar o'rtasida -65 kg vazn toifasida SHerali Ahmedov 138 kg toshni bo'ysundirdi va oltin medalni qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, O'zbekiston delegaciyasi yoshlar o'rtasidagi Para Osiyo o'yinlarini 11 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza, jami 18 ta medal bilan yakunladi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar