06 dek 09:49
Yangiliklar
Para pauerlifting va para engil atletikachilarimiz kunni yuqori notada yakunlashdi
Jumladan, erkaklar o'rtasidagi -59 kg vazn toifasida Odiljon Yakubov 115 kg toshni bo'ysundirgan holda birinchi o'rinni egalladi. Ayollar o'rtasida g'oliblik shohsupasiga ko'tarilgan -45 kg vazn toifasidagi yurtdoshimiz Dildora Nurilloeva 35 kg toshni ko'targan bo'lsa, yana bir chempionimiz -55 kg vazn toifasida musobaqada qatnashgan Ozoda Olimova 55 kg natija qayd etdi.
Para engil atletika bahslarida ham medallar qo'lga kiritildi. Erkaklar o'rtasida F46 klassida nayza uloqtirish bo'yicha 42.45 metr natija ko'rsatgan hamyurtimiz Furqat Nematov bronza medaliga sazovor bo'lgan bo'lsa, F34 klassida ayollar o'rtasida disk uloqtirish bo'yicha Diyora Anvarova kumush medalni qo'lga kiritdi.
Kechagi natijalardan so'ng delegaciyamiz hisobidagi medallar soni 16 taga etdi. SHulardan 9 tasi oltin, 2 tasi kumush va 5 tasi bronza medallaridir.
Fikrlar