25 sen 10:23
Yangiliklar

Para taekvondochilarimiz jahon sahnida yangi sahifa ochishdi!
Jumladan, erkaklar o'rtasida -80 kg vazn toifasida Asad Toshtemirov oltin, -70 kg vazn toifasida Javohir Aliqulov kumush medalni terma jamoamiz hisobiga qo'shtirib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning dastlabki kunida ayollar o'rtasida -47 kg vazn toifasida Ziyoda Isoqova oltin, erkaklar o'rtasida -58 kg vazn toifasida Lutfullo Qodirov bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
SHu tariqa 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza, jami 4 ta medal qo'lga kiritgan terma jamoamiz sayyoramizning 72 davlati ishtirok etgan dunyo birinchiligida umumjamoa hisobida 1-o'rinni qo'lga kiritib, tarixiy natijani qayd etishdi.
Yana bir etiborli jihati, terma jamoamiz murabbiyi Bobur Qo'ziev jahon chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb topildi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.
Fikrlar