25 may 11:03
Yangiliklar
Parakanoechimiz Polshadagi Jahon kubogida g'alaba qozondi
Ushbu sport turi bilan shug'ullanuvchilar uchun boshlangan mavsumning ilk musobaqasida 20 ga yaqin mamlakat vakillari qatnashmoqda
Quvonarlisi, kecha o'tkazilgan bellashuvlar terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. KL3W qayig'ida 200 metr masofaga kechgan bellashuvda hamyurtimiz SHahnoza Mirzaeva marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tdi va oltin medalni qo'lga kiritdi. Sportchimiz masofani bosib o'tish uchun 48.217 soniya sarfladi.
Parakanoe, Jahon kubogi. Polsha
KL3W, 200 metr. Ayollar
1. SHahnoza Mirzaeva (O'zbekiston) – 48.217
2. Laura SHugar (Buyuk Britaniya) – 48.821
3. Amanda Reynolds (Avstraliya) – 50.941
Musobaqa 26 may kuni yakuniga etadi. Yana 2 kun davom etadigan mazkur bosqich doirasida terma jamoamizning bir qator vakillari ham o'z yo'nalishlarida ishtirok etishi kutilmoqda.
Fikrlar