14 sen 06:05
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika, Tokio-2020			    
				 
				
			 
				Paralimpiya. Oltinchi kungi bahslarda bitta bronza!
Rioda davom etayotgan Paralimpiya o'yinlarining oltinchi kungi bahslarida  hamyurtlarimiz bitta bronza medalini qo'lga kiritishdi. 
			Engil atletikaning 4x100 metrga estafeta bahslarida Miran Saxatov, Mansur Abdurashidov, Doniyor Soliev, Jaloliddin Hamroqulov va Faxriddin Hamroevdan iborat jamoamiz bronza medalini qo'lga kiritdi. Terma jamoamiz azolari masofani 43,47 vaqt natijasi bilan bosib o'tishdi. Bu joriy mavsumning eng yaxshi natijasi bo'ldi.
Oltin
medal Paralimpiya o'yinlari rekordi bilan Braziliya terma jamoasiga nasib etdi.
Xitoylik atletlar esa kumush medalga sazovor bo'lishdi. O'zbekiston Paralimpiya
delegaciyasining umumiy medallari soni 24taga etdi. 
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar