18 sen 06:40
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Paralimpiya. O'ninchi kun yana bir oltin medalni keltirdi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida yakuniga etib borayotgan Paralimpiya o'yinlarining o'ninchi kuni yana terma jamoamizga omadli keldi.
Ketma-ket ikki kun medal ololmagan sportchilarimiz nihoyat o'ninchi kuni yana shoxsupaga ko'tarilishdi. Aniqrog'i, bitta oltin medalni qo'lga kiritdik.
Engil atletika musobaqasining nayza uloqtirish bahslarida qatnashgan hamyurtimiz Nozimaxon Qayumova jahon rekordi bilan Paralimpiya o'yinlari chempioniga aylandi. U tomonidan otilgan nayza 44 metru 58 santimetr masofaga borib tushgan.
Kumush medal ozarbayjonlik Iroda Alievaga nasib etdi. Alieva nayzani 43 metr 58 santimetr masofaga uloqtirdi. 40.49 natija qayd etgan avstriyalik Nataliya Eder bronza medali bilan taqdirlandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar