So’nggi yangiliklar

19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0

13 sen 12:57
Yangiliklar

Paralimpiya

Paralimpiya o'yinlari chempioni Buxoroda tantanali kutib olindi + FOTO

Ikki karra paralimpiya o'yinlari chempioni SHerzod Namozov o'zi tug'ilib o'sgan Buxoroda tantanali kutib olindi.

SHu munosabat bilan Buxoro davlat universitetida tadbir tashkil etildi. Unda viloyat hokimligi vakillari, murabbiylar, sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbirda so'z olganlar yurtimiz bayrog'ini jahon uzra baland ko'targan matonatli va vatanparvar farzandni tarbiyalaganliklari uchun uning ota-onasi va murabbiylariga alohida minnatdorlik bildirdi. 

– O'g'lim yurt bayrog'ini ko'klarga ko'tardi va uning sharafiga madhiyamiz yangradi, – deydi Nasim Teshaev. – Bu g'alaba Yangi O'zbekistonniki, bu g'alaba yurtdoshlarimizniki. 

SHuningdek, chempion va uning yaqinlari ham so'zga chiqib, Prezidentimizning sportga qaratayotgan etibori, Vatanimiz shuhratini nufuzli musobaqalarda keng tarannum etish uchun sportchilarga yaratayotgan sharoitlar uchun o'z minnatdorliklarini bildirdi. 

Malumot uchun, Parij paralimpiya o'yinlarining para dzyudo bo'yicha erkaklar o'rtasida J2 klassida 60 kg vazn toifasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgan buxorolik SHerzod Namozov oltin medal uchun kechgan final bahsida gruziyalik Zurab Zurabianni mag'lub etib ikki karra Paralimpiya o'yinlari g'olibi degan sharafli nomga sazovor bo'ldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing