15 sen 07:55
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika, Tokio-2020			    
				 
				
			 
				Paralimpiya o'yinlari. Norbekov – bronza medal sovrindori!
Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan Paralimpiya o'yinlarining ettinchi kuni terma jamoamiz sportchilari uchun omadli keldi. 
			Engil atletikaning yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgin Xusniddin Norbekov bronza medaliga sazovor bo'ldi. Uning yadrosi 15 metru 17 santimetr masofaga borib tushdi. Bu bilan Norbekov o'zining shaxsiy rekordini ham yangiladi.
SHu tariqa Xusniddin Paralimpiya o'yinlaridagi ikkinchi medalini qo'lga kiritdi. Musobaqaning birinchi kuni u disk ulqotirish bahslarida jahon rekordi evaziga Paralimpiya chempioniga aylangandi.
Yadro uloqtirish musobaqasida litvalik atlet Mindaugas Bilius 16.80 natija bilan Paralimpiya o'yinlari chempioni bo'ldi. Xitoylik sportchi Dong Xia 16.06 natija bilan kumush medal bilan taqdirlandi.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar