So’nggi yangiliklar

18:10Алекс Перейра: "Павлович ҳали бундай ўзига хос рақибга қарши жанг қилмаган" 0 17:29"Мен асосий даъвогарман. Махачев мендан қочди" - Карлос Пратес 0 16:52Диёра Келдиёрова Ута Абе билан солиштиришлари ҳақида: "Бу ҳудди Месси ва Роналдуни таққослагандек" 0 16:14Моуринью "Реал"нинг навбатдаги рекордини ўрнатди 0 15:30UFC’нинг япониялик жангчиси Алмабаев устидан қозонилган ғалабадан кейин узр сўради ва кейинги рақибини танлади 0 14:19Рамазон Темиров Хоригучини жангга чорлади 0 13:13Қозоғистон президенти ўзбекистонлик боксчига фуқаролик бериш тўғрисидаги фармонни имзолади 0 12:30ОЧЛ. “Ал-Ҳилол” Фарғонага тўрт футболчисисиз келди 0 11:21Мераб Двалишвили навбатдаги жангини қачон ўтказишга тайёр бўлишини айтди 0 10:30Иржи Прохазка нокаутли мағлубиятини изоҳлади 0 09:59Бугун Жаҳон чемпионатининг аралаш жамоавий беллашувлар ўтказилади. Ўзбекистонда жиддий рақиб! 0 09:28"Арсенал" мағлубиятдан қутилиб қолди 0 08:57Иржи Прохазка - Навахо Стирлинг жангига ММА оламининг муносабати 0 08:26Комплект медалларни қўлга киритган Ўзбекистон жаҳон чемпионатини нечанчи ўринда якунлади? 0 07:55UFC Fight Night 294 турнирининг бонус соҳиблари маълум. Улар орасида қозоқ жангчиси ҳам бор! 0

18 sen 15:46
Yangiliklar

Tadbirlar, Paralimpiya

Paralimpiya o'yinlarida zafar quchganlar bilan uchrashuv o'tkazildi + FOTO

Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o'yinlari tarixida eng yaxshi natijani qayd etgan matonatli sportchilarimiz bilan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Paralimpiya o'yinlari chempioni, universitet bitiruvchisi Tolliboy Yo'ldoshev, sovrindor Kubaro Hakimova, universitetning Engil atletika, biatlon nazariyasi va uslubiyati kafedrasi docenti, engil atletika bo'yicha O'zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi murabbiyi Ibroximjon Yusupov, murabbiylar Sardor Abduholiqov, Yahyobek Yakubov hamda ularning ota-onalari oliygoh o'qituvchilari, talabalari bilan muloqot chog'ida Parijda o'tgan yozgi Paralimpiya o'yinlaridagi taassurotlar, kuni kecha davlatimiz rahbari qabulida bo'lgan hayajonli daqiqalar haqida so'zlab berishdi.

Suhbat davomida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov Paralimpiya o'yinlarida o'zining azmu shijoati va mahorati, mustahkam iroda va jasoratini namoyon etib, Vatanimiz tarixida mislsiz natijalarga erishgan terma jamoamiz azolari qatorida universitet bitiruvchi talabalari borligi oliygohdagi barchaga katta g'urur va iftixor bag'ishlashi, shu bilan birga mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, malakali kadrlarni tayyorlash, sport ilmini yuksaltirish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda universitetning ahamiyati ulkan ekanligini, yozgi Paralimpiya o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar hamda talaba-sportchilarning qo'shma mashg'ulotlarini tashkil etish, master-klasslar o'tkazish to'g'risida fikr-mulohazalar bildirildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing