27 noy 14:32
Yangiliklar
Paralimpiya. Pauerlifting bo'yicha O'zbekiston kubogi yakunlandi
Musobaqa Respublika bo'ylab selekciya qilingan sportchilarning jismoniy holati va texnik-taktik malakasini sinovdan o'tkazish maqsadida tashkil etildi. Bahslarda 70 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
O'z vazn toifasida g'oliblikni qo'lga kiritgan sportchilar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
Ayollar:
-41 kg: Ozoda Olimova
-45 kg: Muslima Nuriddinova
-50 kg: Roza Qo'zieva
+55 kg: Surayyo Jo'raqulova
Erkaklar:
-49 kg: SHahzod Bo'taboev
-54 kg: Sanjar Olloberganov
-59 kg: Azizbek Turg'unov
-65 kg: Bekzod Jamilov
-72 kg: Iskandar Tursunboev
-80 kg: Muzaffar Ahmadaliev
-88 kg: Doston Abdusattorov
-97 kg: Nuriddin Davlatov
-107 kg: Navro'z Abdurasulov
+107 kg: Nuriddin Mingziyaev
Musobaqa yakunlariga ko'ra, umumjamoa hisobida Toshkent shahri vakillari birinchi o'rinni qo'lga kiritdilar. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar mos ravishda Xorazm va Namangan viloyati terma jamoasi azolariga nasib qildi.
Fikrlar