16 sen 06:50
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Paralimpiya. Sakkizinchi kun medalsiz!
Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan Paralimpiya o'yinlarining sakkizinchi kungi bahslari ham ortda qoldi.
Bu kungi musobaqada hamyurtlarimizdan faqat bir nafari startga chiqdi. Ayollar o'rtasidagi engil atletika musobaqasining yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Dilafruzxon Axmatxonovaning natijasi medal uchun kamlik qildi.
Hamyurtimiz uloqtirgan yadro 7 metru 87 santimetr masofaga borib tushdi. Bu Paralimpiya o'yinlaridagi oltinchi natija bo'ldi. 13.91 natija qayd etgan xitoylik Jun Vong jahon rekordini yangilash barobarida Paralimpiya o'yinlari chempioniga aylandi.
Kumush medal ukrainalik Mariya Pomozan, bronza esa braziliyalik Marivana Oliveyraga nasib etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar