So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

21 iyu 17:01
Yangiliklar

Boshqalar

Paralimpiya sport turlari geografiyasi kengaymoqda (+FOTOGALEREYA)

Teglar :  FutbolParalimpiya
Mamalakatimizda imkoniyati cheklangan insonlarni qo'llab-quvvatlash davlatimizning doimoiy etiborida bo'lib kelmoqda.

Ayniqsa, ularni ommaviy sport mashg'ulotlariga keng jalb etish orqali jamiyatning faol azosiga aylantirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 18 may kuni davlatimiz rahbari tomonidan “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorning qabul qilinishi bu jabhadagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratdi. Qarorda belgilanganidek, O'zbekiston Milliy paralimpiya associaciyasi negizida O'zbekiston milliy paralimpiya qo'mitasining tashkil etilishi paralimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari geografiyasining yanada kengayishiga xizmat qildi.

Kuni kecha Jizzax shahrida paralimpiya o'yinlari dasturidan joy olgan 5x5 futbol bo'yicha ko'zi ojiz sportchilar o'rtasida yakunlangan O'zbekiston chempionati imkoniyati cheklangan futbolchilarning orzu-armonlari ushalishiga xizmat qildi. Boisi, shu paytgacha mazkur futbol yo'nalishidagi musobaqalarni o'tkazish uchunzarur bo'lgan maxsus futbol koptoklari, o'yinni o'tkazish ko'nikmasi, uning qonun-qoidalari hamyurtlarimiz uchun begona edi. Mutaxassislarning saiy-harakati bilan ushbu futbol yo'nalishi keng o'rganildi. CHet eldan maxsus futbol tuplari, jihozlar olib kelindi. 200 nafardan oshiq ko'zi ojiz yoshlar futbol mashg'ulotlariga jalb etildi.

-Ko'zi ojizlar o'rtasidagi 5x5 futbol yo'nalishidahar yili jahon va qita chempionatlari, kubok bahslari, har to'rt yilda paralimpiya o'yinlari o'tkaziladi. Mamalakatimizda ushbu futbol yo'nalishining faoliyati yo'lga qo'yilganligi o'z orzularini ro'yobga chiqazaman, degan imkoniyati cheklangan futbolchi yoshlarimiz uchun munosib to'hfa bo'ldi. Jizzaxda o'tkazilgan turnir yurtimizda imkoniyati cheklangan bo'lsa-da istedodi, shaxdu shijoati bir dunyo ko'plab yoshlarimiz borligini ko'rsatdi, Asosiy maqsadimiz yurtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslar o'rtasida 5x5 futbol sport turini yanada rivojlantirish hamda terma jamoa safiga iqtidorli sportchilarni saralab olish va kelajakda para Osiyo vaparalimpiya o'yinlari, Jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarda Vatanimiz sharafini ulug'laydigan g'ayratli sportchilar safini kengaytirish, - deydi O'zbekiston paralimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari SHarifjon Muminjonov.

Jizzaxda 4 kun mobaynida o'tkazilgan musobaqa yakuniga ko'ra, 10 ta jamoa orasida Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyati futbolchilari sovrinli o'rinlarni egallashdi. Muhimi, ushbu sport tadbiri natijasida yuzlab imkoniyati cheklangan yoshlarning qalbida kelajakka katta ishtiyoq bilan qarash to'yg'usi jonlandi. 

Yana bir gap. O'zbekiston sportchilari bu yil Tokioda o'tkaziladigan paralimpiya o'yinlarida ilk bora 7 ta sport turidan ishtirok etadi. Hozirda yurtimiz paralimpiya sportchilari hisobida yozgi Paralimpiya o'yinlariga 29 ta yo'llanma mavjud. Oldinda imkiniyati cheklangan sportchilarimiz yana bir qator licenzion musobaqalarda qatnashishini inobatga olsak, yo'llanmalar soni 40 tadan ortishi ehtimoldan yiroq emas.

To'lqin RO'ZIEV

Suratlar muallifi: Alimurod Mamadaminov


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing