So’nggi yangiliklar

10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0 07:18UFC Freedom 250. Майкл Чендлерни биринчи раунддаёқ нокаут қилишди 0 17:59Ян Облак "Атлетико”дан бошқа клубга ўтиши мумкин 0 17:30Улар муҳаббат шаҳрида + ФОТО 0 16:54Кэти Тэйлорнинг хайрлашув жангига чипталар 30 дақиқада сотиб бўлинди 0 16:26Тошкентда ўтган Octagon 87 турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:55Рафинья "Барселона" бўйича қарор қабул қилди 0 15:28Топурия Махачев билан жанг учун даҳшатли сумма сўраган экан 0 14:53Махачев Оқ уйдаги UFC турнирининг энг қизиқарли жангини айтди 0 14:27Фьюри ўзидан 50 кг оғирроқ Эддига қарши тўлиқ жанг ўтказди 0

30 sen 19:50
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Paralimpiyachilarimiz Indoneziyaga jo'nab ketishdi

Teglar :  Paraosiyo
Xabaringiz bor, 6-13 oktyabr kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o'yinlari bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada o'zbekistonlik paralimpiyachilar ham ishtirok etadilar.
Bugun Paralimpiyachilarimiz Jakartaga tantanali ravishda kuzatildi. Avvaliga O'zbekiston Milliy paralimpiya associaciyasida sportchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.

 So'ngra Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Paraosiyo o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi sportchilarimizni tantanali kuzatish marosimi o'tkazildi.

Marosimida Milliy olimpiya qo'mitasi, Milliy Paralimpiya associaciyasi vakillari ishtirok etishdi.

Eslatib o'tamiz, III Paraosiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marotaba 54 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz sportning beshta turi: pauerlifting, dzyudo, o'q otish, suzish va engil atletika bo'yicha bahslarda o'z omadlarini sinab ko'rishadi.

Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu musobaqada paralimpiyachilarimizga muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytib kelishlarini tilab qoladi.


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing