So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

19 sen 11:14
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Paralimpiyachilarimiz Paraosiyo o'yinlariga kuzatildi FOTO

Xabaringiz bor, 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziya Osiyo o'yinlariga mezbonlik qildi.

Ananaga ko'ra, musobaqa nihoyasiga etgach, oradan bir qancha vaqt o'tib Paraosiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. Bu yilgi Paraosiyo o'yinlari 6-13 oktyabr kunlari o'tkaziladi. O'yinlarda o'zbekistonlik paralimpiyachilar ham ishtirok etishlari rejalashtirilmoqda.

O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasida Indoneziyadagi Paraosiyo o'yinlariga rasmiy kuzatish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Paralimpiya associaciyasi rahbariyati, yaqinlashib kelayotgan o'yinlarda ishtirok etuvchi sportchilarimiz va ularning murabbiylari hamda ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishdi.

Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Umid Ahmadjonov so'zga chiqar ekan, Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish navbati paralimpiyachilarimizga kelgani haqida gapirdi:

«Vaqt juda ham tez o'tyapti. Yaqindagina paralimpiyachilarimizning Rio Olimpiadasidagi munosib ishtiroklarini katta shodiyona bilan qarshi olgandik. Endi esa boshqa bir katta musobaqa — Osiyo Olimpiadasida vatanimiz sharafini himoya qilishga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz.

Barchangiz guvohi bo'lganingizdek, Jakarta mezbonlik qilgan Osiyo o'yinlarida sportchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, tarixiy natija qayd etishdi. Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev talablari bilan sportda katta o'zgarishlar bo'lgani Jakartdagi musobaqada o'z isbotini topdi. O'zbekiston terma jamoasining qitamizda beshinchi bo'lishi hamda tarixda ilk bor yigirmadan ziyod oltin medalning qo'lga kiritilishida katta mehnat va mashaqqat yotibdi. Barchangiz ko'rdingiz, vatandoshlarimiz umumiy hisobda 70 ta medalni qo'lga kiritib, haqiqiy qahramonlik ko'rsatishdi.

Endi esa navbat sizniki. Xuddi Rio Olimpiadasida bo'lgani kabi, bu safar ham mamlakatimiz paralimpiyachilari o'zlarining nimalarga qodir ekanliklarini ko'rsatib qo'yishlariga ishonamiz. Musobaqa davomida xalqimiz ishonchi va Prezidentimiz madadi doim sizlar bilan bo'ladi. Umid qilamizki, yana bir necha kundan so'ng barchangizni Toshkent xalqaro aeroportida katta shodiyona bilan kutib olamiz. Biz sizga doimgidek ishonamiz! Bo'sh kelmang, azamatlar!», – dedi Umid Ahmadjonov.

Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'ini MOQ Prezidenti va O'zbekiston Paralimpiya associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov terma jamoamiz azosi Husniddin Norbekovga tantanali ravishda topshirdi.

Yakunda paralimpiyachilarning kuchiga-kuch, g'ayratiga-g'ayrat qo'shish maqsadida xonanda Lola tomonidan ishlangan yangi «Bir jamoa» videoklipi namoyish etildi. Bungacha Milliy olimpiya qo'mitasida ushbu klipning taqdimot marosimi o'tkazilgandi.

Eslatib o'tamiz, III Paraosiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marotaba 54 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz sportning beshta turi: pauerlifting, dzyudo, o'q otish, suzish va engil atletika bo'yicha bahslarda o'z omadlarini sinab ko'rishadi. Bu safar II Paraosiyo o'yinlariga qaraganda ikki barobar ko'p sportchi bilan ishtirok etamiz. Taqqoslash uchun to'rt yil oldin Incheondagi o'yinlarda 27 nafar paralimpiyachimiz yurtimiz sharafini himoya qilgandi.

Suratlar muallifi - Abdullo Fayzullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing