10 okt 08:17
Yangiliklar
Paraosiyo o'yinlari. Medallarimiz soni 31ta, umumjamoa hisobida uchinchimiz!
Quvonarlisi, kechagi bellashuvlarda ishtirok etgan sportchilarimiz 10ta medal qo'lga kiritishdi. Ularning 5tasi oltin, 4tasi kumush va 1tasi bronza medallaridir.
Bugun sovrindor bo'lgan sportchilarimiz ro'yxati:
Oltin:
Elbek Sultonov (engil atletika)
Doniyor Ahmedov (engil atletika)
Nurbek Mirzaev (dzyudo)
Dmitriy Xorlin (suzish)
Fotima Amilova (suzish)
Kumush:
Feruz Saidov (dzyudo)
Nafisa SHeripbaeva (dzyudo)
SHohsanamxon Toshpo'latova (suzish)
Firdavsbek Musabekov (suzish)
Bronza:
Parvina Samandarova (dzyudo)
Uchinchi kun yakunlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi medallari soni 31taga etdi. Vakillarimiz 18ta oltin, 9ta kumush va 4ta bronza medallariga ega chiqishgan. Medallar jamg'arish bo'yicha esa Xitoy va Janubiy Koreyadan so'ng uchinchi o'rinni egallab turibmiz.
Fikrlar