So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

16 okt 09:53
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Paraosiyo o'yinlari rekordchilari Toshkent xalqaro aeroportida katta tantana bilan kutib olindi

Teglar :  Paraosiyo o'yinlari
Xabaringiz bor, 6-13 oktyabr kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o'yinlari bo'lib o'tdi.

Musobaqada o'zbekistonlik sportchilar har qachongidan ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Kecha tunda ushbu o'yinlarda ishtirok etgan sportchilarimiz Janubiy Koreya orqali yurtimizga qaytib kelishdi.  Sportchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Bosh vazir o'rinbosari so'zga chiqar ekan, qayd etilgan yuksak natija, ko'rsatilgan jasorat uchun hukumat nomidan minnatdorchilik bildirdi. Ushbu yutuqlar zamirida ulkan mehnat yotganligini alohida takidlab o'tdi.

SHundan so'ng Miran Saxatov, Rozaxon Qo'zieva kabi sportchilarimiz, paraatletlarimizning ota-onadari so'zga chiqib, yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirishdi. Sportchilarimiz navbatdagi musobaqalarda bundanda yuksak natijalarni qayd etishga vada berishdi.

SHundan so'ng tantanalar O'zbekiston Milliy paralimpiya associaciyasida davom ettirildi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi va qo'lga kiritilgan yutuqlar bilan paralimpiyachilarimizni tabrikladi.

So'nga yig'ilganlar uchun bayramona dasturxon yozildi. Estrada xonandalarining chiqishlari esa tadbirga yanada ko'tarinki rux bag'ishladi.

Eslatib o'tamiz, ortda qolgan Paraosiyo o'yinlarida Hamyurtlarimiz tomonidan 77 ta medal, jumladan 35 ta oltin, 24 ta kumush va 18 ta bronza medallari qo'lga kiritildi. Bu orqali O'zbekiston Paraosiyo o'yinlarida medallar sifati bo'yicha ham, soni bo'yicha ham o'z rekordini yangiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing