08 okt 11:22
Yangiliklar
Paraosiyo o'yinlarida yana uchta oltin, medallarimiz 7taga etdi!
Kecha suzish bahslarida sportchilarimiz 2ta oltin, 2ta kumush medallarini qo'lga kiritganliklari haqida xabar qilgandik.
Bugun esa erta tongdan Kamolaxon Abdullaeva (uzunlikka sakrash, 4,71 m), Aleksandr Svechnikov (nayza uloqtirish, 67,92 m) va Sofiya Burxanova (yadro uloqtirish, 14,59 m) terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medallarni qo'shib qo'yishdi.
Qayd etish lozimki, Kamolaxon Abdullaeva Paraosiyo o'yinlarida ayollar o'rtasida uzunlikka sakrash bo'yicha chempionlikni qo'lga kiritgan o'zbekistonlik dastlabki sportchi bo'ldi.
Ayni paytda O'zbekiston sport delegaciyasi hisobida 5 ta oltin va 2 ta kumush medallari mavjud. Bugun shuningdek sportchilarimiz engil atletikaning bir necha yo'nalishida, suzish, dzyudo, pauerlifting, o'q otish bahslarida sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar.
Fikrlar