So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

03 iyu 09:40
Yangiliklar

SHaxmat

Parham chempion bo'lgan Aktobe Open 2024 turnirida shaxmatchilarimiz nechanchi o'rinni egallashdi?

Qozog'istonning Aktyubinsk viloyati Aktobe shahrida o'tkazilgan shaxmat bo'yicha nufuzli turnir o'z yakuniga etdi.

Mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Aktobe Open 2024 turniri ananaviy tarzda Vladimir Dvorkovich xotirasiga bag'ishlab o'tkazib kelinyapti. Dunyoning 23 davlatidan 300 nafardan ziyod shaxmatchi qatnashgan turnirda uch vakilimiz Nodirbek Yakubboev (2665), Muhammadzohid Suyarov (2429) va Muhiddin Madaminov (2504) ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. 

Muhiddin Madaminov musobaqa yakunlanishiga uch tur qolganda ishtirokini yakunlab bo'lgandi. Turnirning so'nggi 9-turida qolgan ikki vakilimiz qora donalarda harakat qilishlariga qaramay, raqiblarini mag'lub etishni uddalashdi. Yakubboev turkmanistonlik Saparmirat Atabaev (2514)ni, Muhammadzohid Suyarov (2429) esa reytingda o'zidan ancha yuqorida borayotgan grossmeyster Aleksandr Rahmanov (FIDE, 2614)ni taslim etdi. 

To'qqiz tur yakunlariga ko'ra Nodirbek Yakubboev 6 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Top-10`talikdan joy oldi. O'n bir nafar shaxmatchi 6 ochkodan to'plagan. Muhammadzohid Suyurov esa 5,5 ochko bilan Top-20`ga yakun yasab berdi. Bu yosh shaxmatchimiz uchun yaxshi natija hisoblanadi. 

Aktobe Open 2024 chempionligi Parham Maqsudlu (Eron, 2732)ga nasib etdi. Eronlik grossmeyster turnirda birinchi raqam ostida saralangan edi. U 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg'arib, musobaqa chempionligi va shu bilan birga 20 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega bo'ldi. U 9-turda durang natija qayd etdi va bu u uchun etarli bo'ldi. Ikkinchi o'rin 7 ochko bilan serbiyalik Aleksandr Predkega nasib etdi. Uning hamyurti Aleksey Sarana esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi. 

Malumot uchun, Aktobe Open 2024 turnirida ikkinchi o'rin sohibi 15 600, uchinchi o'rin egasi esa 11 100 AQSH dollarini qo'lga kiritdi. O'ninchi o'rinni egallagan Nodirbek Yakubboev 2000 AQSH dollari miqdorida mukofot puliga ega chiqdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing