01 iyu 11:48
Yangiliklar
Parij-2024 arenalari: Eyfel minorasining yonida joylashgan “Gran-Pale-Efemer” bilan tanishing
Bugun Rim mifalogiyasidagi urush xudosi Mars nomiga berilgan maydonda qad rostlagan ushbu arena haqida so'z boradi.
Mars maydoni Parijning qoq markazida joylashgan, muntazam turistlar oqimi bilan to'lib turadigan manzillardan biri hisoblanadi. Mana shunday hududda 10 000 kvadrat metrni o'z ichiga olgan “Gran-Pale-Efemer” so'nggi yillarda jahon OAVning etiborida bo'lib kelmoqda. Majmuadan ko'pincha ko'rgazmalar maydoni sifatida foydalanishadi. Tasviriy sanat va modalar shaydosi bo'lgan francuzlar uchun bu tabiiy.
Bugungi kungacha ushbu inshootda har yili tashkil etiladigan “Hermes” zotdor otlar ko'rgazmasi, “Chanel” modalar namoyishi va Parij modalar haftaligi, shuningdek, ko'plab gala-koncert, kongress va badiiy ko'rgazmalar o'tkazilgan.
Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari davomida sport kurashlari va dzyudo bahslariga aynan ushbu arena mezbonlik qiladi. Muxlislar uchun 9 000 o'rindiqli tribuna tayyorlanadi. Olimpiya shaharchasi bilan orasidagi masofa esa 11 kmni tashkil etadi.
Fikrlar