So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

07 iyu 19:05
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!, Parij-2024

Parij-2024 oldidan: Bibosinov va Pangal bilan ehtimoliy janglar va boshqa "eski tanishlar". Hasanboy Do'smatovga oltin uchun kimlar halal berishi mumkin?

Parij Olimpiadasiga oz vaqt qolmoqda.

SHu munosabat bilan bizga Olimpiya o'yinlarida eng ko'p medal taqdim etgan boks sport turida hamyurtlarimizning vaznidagi ishtirokchilar va sportchilarimizning imkoniyatlari bilan tanishtiramiz. 

Parij Olimpiadasida boksda erkaklar 7 ta, ayollar 6 ta vazn toifasida bahslarda qatnashishadi. 

Musobaqada eng minimal -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov himoya qiladi.

Ushbu vazn toifasida 17 nafar sportchi qatnashadi. Unda Hasanboy uchun principial bo'lgan raqiblarni ham ko'rishimiz mumkin. 

Bir boshdan boshlaymiz. Hindistonlik Amit Pangal. Hasanboy uchun noqulay raqiblardan biri bo'lgan Amit so'nggi bir necha yil ichida xalqaro musobaqalarda ko'rinmay qolgandi. Osiyo chempionati (2019), shuningdek 2018 yilgi Osiyo o'yinlaridagi mag'lubiyat hali Do'smatovning yodidan chiqmagan bo'lsa kerak. O'z navbatida o'sha mag'lubiyatlargacha Hasanboy Amitni 2 marotaba mag'lub etishga ham ulgurgan. Demak, hisob hozircha 2:2. Albatta quragacha o'zaro jang haqida aniq tasavvurlar va taxminlarni tuzish qiyin. Biroq, Amit Hasanboy uchun ushbu vazndagi qiyin raqiblardan biri bo'lishi aniq. U yaqinda Bangkokda o'tkazilgan jahon licenzion turnirida licenziyaga ega chiqdi. 

Saken Bibossinov - qozog'istonlik charm qo'lqop ustasi bilan ham so'nggi paytlarda o'zaro principiallik yuzaga kelgan. 2021 yilgi JCHda bahsli mag'lubiyatdan so'ng, 2022 yilda Hasanboy o'zaro qarama-qarshilikdagi hisobni 1:1 ko'rinishiga olib kelgandi. Barcha Toshkentdagi JCHda uchinchi jangni kutgandi. Ammo Bibossinovning kutilmagan mag'lubiyati trilogiya ehtimolini yo'qqa chiqardi. Balki uchinchi jangni Parijdagi Olimpiadada ko'rarmiz? Qozog'istonlik sportchi Osiyo o'yinlarida Olimpiada yo'llanmasi masalasini hal qila olmagan bo'lsada, Italiyadagi licenzion musobaqada buning uddasidan chiqa oldi. 


Bilal Bennama - kelib chiqishi jazoirlik bo'lgan, hozirda Franciya sharafini himoya qiluvchi Bennama shu kungacha 3 ta JCHda sovrindor bo'lib ulgurgan. Ekaterinburg va Belgraddagi bronzadan keyin, Bennama Toshkentda finalgacha etib bordi va hal qiluvchi bahsda aynan Hasanboyga yutqazdi. Do'smatovning o'sha g'alabasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgani hali ko'pchilikning yodidan chiqmagan bo'lsa kerak. U Evropa o'yinlaridagi oltin medal orqali Parij Olimpiadasiga etib kelgan. 

Aynan yuqorida qayd etilgan bokschilar Hasanboy Do'smatov uchun Olimpiada oltin medali yo'lida katta raqobat tug'dirishi kutilmoqda. Umuman olganda esa Olimpiya o'yinlarida oson raqiblar bo'lmaydi. 

-51 kg vazn toifasida Parij Olimpiadasida qatnashadigan bokschilar ro'yxati: 

Bilol Bennama (Franciya)

Samet Gumush (Turkiya)

Patrik CHinemba (Zambiya)

Titisan Panmot (Tailand)

Hasanboy Do'smatov (O'zbekiston)

Junior Alkantara (Dominikan)

Maykl Trindad (Braziliya)

Yusuf CHotia (Avstraliya)

Alexandro Klaro (Kuba)

Nijat Huseynov (Ozarbayjon)

Xuanma Lopes (Puerto-Riko)

Saken Bibossinov (Qozog'iston)

Rafael Lozano Serrano (Ispaniya)

Rosko Xill (AQSH)

Daniel Varela de Pina (Kabo-Verde)

Amit Pangal (Hindiston)

Omid Ahmadisafiya (Qochoqlar terma jamoasi).


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing