16 jan 16:38
Yangiliklar
Taekvondo
Parij Olimpiadasida boshqa mamlakat uchun medallar yutib bergan murabbiy Qozog'istonga qaytdi
Taekvondo WT bo'yicha qozog'istonlik murabbiy Esbol Sultanov mamlakatiga qaytdi.
U 2023 yilning sentyabr oyidan buyon Tunis terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. Tunislik taekvondochilar Sultanovning qo'l ostida Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlarida bittadan oltin va bronza medalini qo'lga kiritishgandi. Qozog'iston esa ushbu sport turini medalsiz yakunlagandi.
2024 yil yakunlariga ko'ra, Butunjahon taekvondo ittifoqi tomonidan eng yaxshi murabbiy deya elon qilingan Esbol Sultanov endi Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ladi.
Havola :
Manba : Спорт Шредингера
Fikrlar